Press-turda “Özbekneftgaz” AJda raqamlaştiriş jarayonlari, Modellaştiriş markazi faoliyati bilan taniştirildi. Xususan, sohada risklarning oldini oliş, yöqotişlarni kamaytiriş, konlarning işlab çiqariş körsatkiçlarini loyihalaş, rejalaştiriladigan geologik-texnik çora tadbirlarni samarali taşkil etiş maqsadida amalga oşiriladigan “Raqamli kon” konsepsiyasi tahlil qilindi.

Mazkur konsepsiya asosida uglevodorod konlarini 3D usulida modellaştiriş, mavjud geologik-texnik ma’lumotlarni raqamlaştiriş va yagona ma’lumotlar bazasini şakllantiriş hamda doimiy yuritiş uçun “Open-space” körinişda Modellaştiriş markazi taşkil qilindi. Markaz tarkibida AQŞning “Schlumberger” kompaniyasi bilan hamkorlikda Özbekiston neft-gaz sanoatining yagona Milliy ma’lumotlar bazasi şakllantirildi.

“Özbekneftgaz” kompaniyasi gaz konlarini topiş, konlarda quduqlarni burğilaş, tabiiy gazni qazib oliş, tayyorlaş va qayta işlaş orqali oltingugurt birikmalaridan tozalab, “Öztransgaz” va “Hududiy gaz ta’minoti” kompaniyalari gaz quvurlariga yetkazib beriş vazifasini bajaradi. “Öztransgaz” va “Hududiy gaz ta’minoti” korxonalari gazni iste’molçilarga yetkazişni öz zimmasiga oladi.

Jamiyat vakillarining aytişiça, “Özbekneftgaz” tizimida 122 ta neft va gaz konlari işlatilmoqda. Jamiyat tomonidan yangi konlarni topiş va ularni işga tuşiriş ustida katta işlar olib bormoqda. Joriy yilning özida mavjud 608 ta quduqlarni kapital ta’mirlaş va intensifikatsiya işlari olib boriş, yangi 123 ta quduqlarni burğilaşdan işga tuşiriş hamda 25 ta texnologik obektlarni işga tuşiriş jarayonlari jadal ketyapti.

“Özbekneftgaz” AJ boşqaruv raisi birinçi örinbosari Behzod Usmonov xorij kompaniyalari bilan hamkorlik haqida gapirdi:

“Dunyoning rivojlangan neft-gaz kompaniyalari raqamlaştiriş asosida faoliyat yuritadi. Bu yönalişdan foydalaniş işimiz samaradorligini oşirişda yordam beradi. Xorijdan kelgan hamkorlarimiz kompaniyamizda raqamlaştiriş jarayoni ularnikidan kam emasligini ta’kidlaşadi. Özbekistondagi nef-gaz konlarining asosiy qismi 1970-1980 yillarda topilgan bölib, hozirga kelib ularda gaz miqdori kamaymoqda. Bu tabiiy hol.

Asosiy maqsadimiz – yangi gorizontlarni, yangi konlarni oçişdan iborat. Yangi konlarni burğilab, ulardan gaz oliş işlari olib borilyapti. Mavjud konlarni esa quduqlarni kapital ta’mirlaş hamda kiçik kompressor stansiyalarini quriş orqali saqlab qolyapmiz. Potensiali kam konlar samaradorligini oşirişda xorijlik hamkorlar bilan iş olib borilyapti. Kanada, Tatariston kompaniyalari bilan hamkorlik örnatilgan” dedi birinçi örinbosar.

Bugunga qadar E-kon bazaviy dasturiy-texnik kompleksi, konlarni raqamlaştirişning yer usti jihozlaşni tezkor boşqariş tizimli dasturi işlab çiqilgan. Raqamlaştiriş böyiça “ÖZLITINEFTGAZ” AJ tomonidan E-kon loyihasi joriy yil dekabr oyida yakunlanadi.

“Özbekneftgaz” mas’ullarining ma’lum qilişlariça, respublika böyiça eng köp gaz Qaşqadaryo viloyatida, eng kam miqdori esa Farğona vodiysida qazib çiqariladi. Bugungi kunda eng katta resursga ega bölgan konlarni topiş böyiça işlar Ustyurt mintaqasida amalga oşirilmoqda.

Reklama huquqi asosida