Tananing beldan pastki qismini kuçliroq qiladi

Zinapoyadan kötariliş — son va boldirlarning kuçliroq, mustahkam bölişiga xizmat qiladi. Tepaga kötarilişda köp muşaklar faollaşadi, bu esa ularning yanada rivojlanişişi uçun zamin yaratadi. 

Kardiomaşğulot

Zinadan çiqib-tuşiş yurak-qon tizimi uçun foydali intensiv kardiomaşğulot hisoblanadi. Bu odamdagi umumiy çidamlilikni oşiradi, yurakni mustahkamlaşga kömak beradi.

Kaloriyalarni sarf etiş

Zinaga kötarilişda muşaklar faollaşadi, maşğulot intensivligi yuqori böladi. Öz navbatida bu vaznni me’yorda saqlaş uçun foydali bölgan jarayon — köproq kaloriya yoqiş imkonini beradi.

Muvozanatning yaxşilanişi

Zinadan tepaga çiqiş yoki pastga tuşişda odamdan harakatni bir me’yorda, muvozanatda uşlaş talab qilinadi. Ya’ni diqqat kerak böladi. Natijada insonning diqqati bir joyga jamlanadi. Doimiy maşğulotlar bu boradagi könikmalarni yaxşilaydi.

Metabolizm uçun foydasi

Intensiv jismoniy maşğulotlar inson organizmida moddalar almaşinuvini va oziq-ovqat hazm bölişini tezlatişga yordam beradi. Bu esa organizmning umumiy metabolizmi hamda samaradorligini yaxşilaydi.

Xöş, qanday qilib zinada yurişni kundalik odatga aylantiriş mumkin?

1. Liftdan köra zinapoyadan çiqişni afzal köring, ayniqsa, buni qisqa masofalarda odatga aylantiring.

2. Işda ham, uyda ham kun davomida zinadan bir neça marta foydalaning.

3. Turli balandlik va zinalardan iborat köçalar böylab sayr qilişga odatlaning. 

Xavf-xatar

Foydali maşğulotning xavflari ham mavjud. Qaçonki ehtiyotkorlik bölmasa va xavfsizlik qoidalariga rioya etilmasa, qator muammolarga duç keliş mumkin.

Jarohat va yiqiliş. Şoşilayotgan vaqtda qadamni notöğri bosiş orqali odam yiqilişi va buning oqibatida turli jarohatlar (şikastlaniş, siniş, kökariş kabi) olişi mumkin.