Yevropa komissiyasi dastlab Rossiya va Belarus bilan qöşma dasturlar uçun möljallangan Qöşniçilik, taraqqiyot va xalqaro hamkorlik jamğarmasidan 135 million yevroni Ukraina va Moldova bilan hamkorlik dasturlariga ötkazişga qaror qildi. Bu haqda 16 avgust, çorşanba kuni Yevrokomissiya matbuot xizmati ma’lum qildi.
Bu qaror - «Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi natijasi», deya aniqlik kiritdi Yevrokomissiyaning muvofiqlik va islohotlar böyiça vakili Eliza Ferreyra. «Dastlab uşbu hamkorlik uçun foydalaniş rejalaştirilgan mablağlar endi Ukraina va Moldova bilan Yevropa Ittifoqi dasturlariga foyda keltirişidan mamnunman. Bu Yevropa Ittifoqi mintaqalari va manfaatdor tomonlarning Ukraina va Moldova hamkorlari bilan hamkorligini mustahkamlaşga yordam beradi», dedi u.
Xususan, gap 2021-2027 yillarga Rossiya va Belarus bilan Interreg NEXT dasturlari uçun möljallangan budjet mablağlari haqida ketmoqda. Endi ular Ukraina va Moldova bilan Interreg dasturlariga yönaltiriladi, masalan, «birdamlik liniyalari» va transçegaraviy transport aloqalarini rivojlantiriş, tibbiy xizmatlar körsatiş, ta’lim va tadqiqot loyihalari, ijtimoiy integratsiya sxemalari, şuningdek, Ukraina va Moldova davlat organlari salohiyatini mustahkamlaşga. Interreg dasturlarida iştirok etiş, şuningdek, Ukraina va Moldovaga ma’muriy salohiyat va Yevropa Ittifoqi fondlarini rivojlantiriş hamda boşqariş tajribasi nuqtayi nazaridan ustunlik beradi, deya qayd etdi Yevropa komissiyasi.
Rossiyaning Ukrainaga qarşi keng kölamli harbiy harakatlari boşlanganidan söng, Yevrokomissiya Rossiya va Belarus bilan Interreg dasturlari doirasida hamkorlikni töxtatdi. Natijada Ukraina va Moldova bilan hamkorlik dasturlarini qöllab-quvvatlaş uçun 26 million yevro qayta ajratildi. Amaldagi qaror 2027 yilgaça bölgan davr uçun qolgan mablağlarni xuddi şunday tarzda qayta taqsimlaydi.
Yevropa komissiyasi, şuningdek, Rossiya va Belarus bilan hamkorlik dasturlarida iştirok etişi kerak bölgan Finlandiya, Estoniya, Latviya va Polşa mintaqalari Interreg mintaqalararo hamkorlikning boşqa mavjud dasturlarida iştirok etişi mumkinligiga qaror qildi.











