Angliya doimgidek har turda kamida ikkitadan top-öyin taqdim etişda davom etadi, Ispaniyada katta klublarning sinovi asta-sekinlik bilan murakkablikka qarab odimlaşni boşlaydi. Germaniyada ham e’tiborga molik uçraşuv bor. A Seriya birinçi turdanoq yetakçilarni özaro röpara qilmay, biroz çigalyozdi qilib olişiga imkon yaratdi. Fransiyada esa nihoyat Mbappe safga qaytişi mumkin.

BAYYeR – LeYPsIG (19 avgust, 18:30)

Bu haftadan Germaniya va Italiyada ham çempionat öyinlariga start berilib, kuçli beşlik töliq tarkibga ega böladi. Bundesligada qiziqarli öyin bor – sönggi yillarda kuçli törtlikning doimiy a’zosi bölib qolgan «Leypsig» Habi Alonso boşçiligidagi «Bayyer» mehmoni böladi.

«Bayyer» ötgan mavsumni yaxşi yakunlay olmagandi (barça musobaqalardagi oxirgi 7 öyin ğalabasiz). Jamoa yakunda YeÇL örinlarini boy bergan bölsa-da, mavsumning kaşfiyot jamoalaridan böldi, Alonsoning öyin uslubiga yuqori baho berilib, yoş murabbiy hatto bir qator top klublarning ham nazariga tuşdi. Tabiiyki, bu mavsumda «Bayyer» ham Habi Alonsoning haqiqiy salohiyatini oçib berişi kerak. Yarimhimoyaga sotib olingan ikki tajribali futbolçilar – Granit Jaka («Arsenal») va Yonas Hoffman («Borussiya» Menhengladbah) leverkuzenliklarning yoş tarkibiga öziga yaraşa muvozanat olib kirişi lozim böladi. Tabiiyki, transfer bozori tugamadi, hali Tapsoba, Frimpong va Virs kabi futbolçilarni saqlab qoliş ham kerak.

«Leypsig» esa mavsumga yuqori notada kirib böldi. Marko Roze şogirdlari ötgan hafta bölib ötgan Superkubok uçun bahsda «Bavariya»ni yirik hisobda yer tişlatdi. Dani Olmoning het-trigi jamoaga oxirgi uç oydagi ikkinçi sovrinni olib berdi. Darvoqe, «Bayyer»ning ham mavsumdagi ilk rasmiy öyini ança sermahsul bölganini e’tirof etiş kerak. Jamoa Germaniya kubogi ilk bosqiçida quyi liga vakili «Teutonia» darvozasiga javobsiz sakkiz gol yölladi.

Yöqotişlar har ikki tomonda ham yetarli. Mezbonlar tarkibida sentabrgaça maydonga qaytmaydigan Patrik Şik va Serdar Özmundan taşqari, ötgan mavsum oxiridagi qizil kartoçkalar tufayli Hinkapi aa Amin Adlida diskvalifikatsiya bor. Roze esa Amadu Aydara, Kevin Kampl va Peter Gulaçi kabi asosiy tarkib vakillari yordamidan foydalana olmaydi.

TOTTeNHEM – MANÇeSTeR YuNAYTeD (19 avgust, 21:30)

Angliyaning doimiy yetakçi klublari orasida aynan «Tottenhem» va «MYu»ning birinçi turdagi öyini biroz tumanli çiqdi. Londonliklar tuşunarli – yangi murabbiy qöl ostida, buning ustiga sönggi pallada Harri Keynsiz qolgan «Tottenhem» öz maydonida ança kuçli öynaydigan «Brentford»ga ikki gol ura olgani ham (2:2) ijobiy holat. «Yunayted»dan ança salobatli öyin kutilgandi. Ammo «Vulverhempton» «Old Trafford»da ança yaxşiroq öyin körsatib, uşbu stadionda mehmon jamoalar namoyiş etgan performanslar içida 2005 yildan beri eng yaxşi körsatkiçni qayd etişdi – 23 zarba. Mançesterning qizil tarafi Hoylundning hali safga kirmagani, Maunt, Onana kabi tizimli futbolçilarning jamoaga töliq kirişib ketmagani hamda ötgan mavsum starti bundan ham badtar bölgani bilan özini ovutmoqda, xolos. Ha, uç oçko qölga kiritildi, ammo agar hakamning keyinçalik tan olingan xatosi bölmaganda «börilar» sönggi daqiqalarda penalti tepişi kerak edi.

Demak, intriga nuqtayi nazaridan ham juda qiziq uçraşuv. «Yunayted»ning dastlabki öyini kutilmagan va istisno edimi? Posteköğli şogirdlarini ilk uy öyiniga qanday tayyorlaydi? «Tottenhem» katta öyinlarda örganib qolgan himoyaviy uslubiga tayanadimi yoki yangi murabbiy rostan ham jamoa imijini özgartirişni ertaroq boşlay oladimi? Savollar köp. Darvoqe, jamoalarning ötgan mavsum Londonda ötgan öyini ham juda qiziqarli keçgandi. Birinçi bölim 2:0 hisobida mehmonlar foydasiga hal bölgan, ammo ikkinçi bölimda «Tottenhem» kambek uçun özida kuç topa olgandi (2:2).

Tarkiblar borasida mehmonlar yuqorida tilgan olingan Hoylunddan taşqari, Harri Maguayrni Londonga olib kelmagan. Amad Diallo, Teyrel Malasiya hamda Kobi Maynu esa uzoq muddatga safda bölişmaydi. Ammo murabbiy Antoni Marsiyalni maydonga qaytarişi mumkin – birinçi öyinda Reşforddan markazda foydalaniş yana özini oqlamagandi. Mezbonlar safida Rodrigo Bentankur, Rayan Sessenon, Brayn Hil kabi futbolçilarda jarohat bor.

Umuman, özaro öyinlarda «Tottenhem» sönggi 5 uy uçraşuvi «MYu»ni yenga olmayapti. APLdagi sönggi beş öyinda ham londonliklar ğalaba qozona olmagan. «Şporlar»ning bu raqibi ustidan oxirgi ğalabasi «Old Trafford»dagi öşa maşhur 6:1 hisobida yakunlangan öyin (2020 yil oktyabrida, öşanda Marsiyal birinçi bölimdayoq qizil kartoçka olib, mezbonlarni qiyin ahvolda qoldirgandi) bölib qolmoqda.   

MANÇeSTeR SITI – NYuKASL YuNAYTeD (19 avgust, 23:59)

Aslida APLning markaziy uçraşuvi biroz keyinroq, yakşanbaga ötar keçasi bölib ötadi. Avgustni ham xuddi ötgan mavsumning davomidek boşlagan ikkala jamoa 1-turni yirik hisobdagi ğalabalar bilan boşlaşdi – «Siti» yuqori ligaga qaytgan «Byornli»ni 3:0 hisobida yengdi, Eddi Hau şogirdlari esa Unai Emeri boşqaruvidagi «Aston Villa»ga imkon qoldirmadi – 5:1. Demak, bu turdan keyin ulardan biri jadvalda peşqadam sifatida joylaşib oliş imkoniyatiga ega. Bundan taşqari, roppa-rosa bir yil oldin ham bu jamoalar ilk turlarda özaro duç kelgan va mavsumning eng yaxşi öyinlaridan birini ötkazib bergandi. Allan Sen-Maksimenning individual benefisiga aylanib ketgan öşa bahs jangovor 3:3 hisobidagi durang bilan yakunlangandi.

Allan hozir yöq, futbolçi Saudiyaga jönab ketgan eşelonga ilinib qoldi, lekin «Nyukasl» bu bilan kuçsizlanib qolgani yöq. Uning örniga Harvi Barns, şuningdek, Sandro Tonalini markazga qöşib olgan «qarğalar» yanada muvozanatli körinmoqda. Bundan taşqari, har ikki yangi futbolçi ham 1-turda özini körsatdi va bittadan gol urişdan taşqari, boşqa gollarda qatnaşişdi. «Nyukasl» uşbu öyindan söng «Liverpul», keyin esa safarda «Brayton» bilan öynaşi e’tiborga olinsa, dastlabki turdagi ğalaba ayni muddao böldi. Tabiiyki, yuqori örinlarni maqsad qilgan jamoa qiyin taqvim bölişiga qaramasdan har bir öyinda oçko olişga urinib köradi.

Umuman olganda, hozir «Mançester Siti»dan oçko olişning ayni vaqti, bu jihatdan «Nyukasl»ga biroz omad ham kelgan deyiş mumkin. Pep Gvardiola şogirdlari bilan qişda yoki bahorda emas, avgust oyida öynab olgan durust. Köpinça «Mançester Siti» mavsumni u qadar kuçli boşlamaydi, bu birinçidan. Ikkinçidan, Kevin de Bryuynening jarohati hamda Gundöğanning örnini töldiriş harakatlari hali tugamagani jamoa öyiniga ta’sir qilayotgani şubhasiz. Xabarlarga qaraganda, markazda Bernardu Silvaning ham öyinga tayyor bölişi söroq ostida. Pep Gvardiola matbuot anjumanida Jon Stounzning ham muşaklarida muammo paydo bölgani haqida ma’lumot berdi. Lekin Ruben Diaş maydonga qaytişi kutilmoqda.

Ayniqsa, «Sevilya»ga qarşi UYeFA Superkubogi öyini ham bugungi «Siti»ga qarşilik qiliş mumkinligini körsatib ham berdi. «Nyukasl» himoyalanişda «Sevilya»dan kam emas, buning ustiga hujumda yaxşiroq ijroçilar bor. Aslida «Mançester Siti»ning hafta örtasida Gretsiyaga borib, Superkubok uçraşuvini ötkazib qaytgani, ya’ni «Nyukasl» bugungi öyinga tayyorlaniş uçun ikki barobar köproq vaqtga ega bölganini inobatga olsak, mehmonlarda yana qöşimça faktorlar borligini e’tirof etiş kerak.

Albatta, «Mançester Siti» favorit, ammo yuqorida tilga olingan omillar mehmonlarda ham imkoniyat qoldiradi, eng kamida öyinning tomoşabop va murosasiz ötişini ta’minlaşiga umid qilib qolamiz.

VeST HEM – ÇeLSI (20 avgust, 20:30)

Bu hafta Londonda ikki derbi bölib ötadi. «Arsenal»ning «Kristal Pelas»ga safaridan köra, mana bu öyinda anons uçun tanladik. Sababi, «Çelsi»ning birinçi turda «Liverpul»ga qarşi öyini köpçilik uçun kutilmaganda ijobiy taassurot uyğotdi. Tabiiyki, Poçettinoning dastlabki çizgilari, şuningdek, bir qator yangi futbolçilarning öyiniga qiziqiş yuqori. «Çelsi» bu hafta ham tinç turmadi va Keysedo va Laviya transferlarini e’lon qildi. Katta ehtimol bilan ekvadorlik futbolçi uşbu uçraşuvda debyut qilişi mumkin.

«Vest Hem» yozning rekord narxlaridan biriga Deklan Raysni sotgan bölsa-da, hozirça transfer bozorida özini kamtar tutmoqda. Ilk xarid atigi bir hafta oldin Edson Alvares böldi. Ammo aytiş mumkinki, «Ayaks»dan taşrif buyurgan meksikalik yarimhimoyaçi ba’zi jabhalarda hatto Raysdan ham yaxşiroq bölib çiqişi mumkin. Şuningdek, Angliyada bugungi kunda jarima zarbalar qiroli bölgan Jyeyms Uord-Prouz ham tarkibga qöşildi. Hali Raysning puliga yana bir futbolçi olinişi mumkin bölgan holatda «Vest Hem» yana bir yarimhimoyaçisini yaxşigina narxga sotişga yaqin turibdi. Lukas Paketaga kimsan Pep Gvardiola qiziqib qolgan. Ammo sönggi pallada negadir transfer ança sekin odimlay boşladi. Sabab sifatida, futbolçining totalitazorga aralaşib qolgan bölişi mumkinligi haqidagi xabarlar keltirilmoqda. Agar bu tasdiqlansa yoki qandaydir tekşiruvlar boşlanib qolsa, «Mançester Siti» braziliyalik yarimhimoyaçidan voz keçişi ham mumkin.

Mezbonlar tarkibida jarohatlanganlar deyarli yöq. Ammo «Çelsi»ning muammolari davom etyapti. Nkunku, Foffana kabi uzoq muddatga safdan çiqqan futbolçilar ortidan Ris Jyeymsning navbatdagi jarohati ortiqça böldi. Ötgan öyinda ertaroq almaştirilgan Jyeyms haqida Poçettino uning şunçaki çarçaganini aytgandi, ammo jarohat jiddiyroq bölib çiqdi va yangi sardor qaçon maydonga qaytişi aniq emas. Umuman, Angliyaning eng iste’dodli futbolçilarning biri ayni ösişi kerak bölgan davrning aksariyat qismini turli jarohatlar bilan ötkazib yuborayotgani açinarli.

Har ikki jamoa birinçi turni bir xil hisobdagi natija bilan yakunlagandi. «Çelsi» «Liverpul» bilan öz maydonida, «Vest Hem» esa safarda «Bornmut» bilan 1:1 hisobiga rozi böldi. Jamoalarning ötgan mavsumda «London Stedium»da keçgan öyinida ham xuddi şu hisob qayd etilgandi. Joao Felişning goliga «Çelsi»ning sobiq futbolçisi Emerson mezbonlar tomonidan javob bergan.

BeTIS – ATLeTIKO (21 avgustga ötar keçasi, 00:30)

Ispaniyadagi markaziy öyin Andalusiyada bölib ötadi. Ötgan mavsumni yevrokubok örinlari bilan yakunlagan va yangisini «Vilyarreal» maydonidagi ajoyib ğalaba (2:1) boşlagan «Betis» öz maydonida peşqadam «Atletiko»ni qabul qiladi va özaro öyinlardagi 8 uçraşuvdan iborat ğalabasiz seriyasiga çek qöyişga harakat qiladi.

Aytiş mumkinki, «Betis» uçun transfer oynasi odatda mavsumni yaxşi ötkazgan örtamiyonalardan farqli keçdi, ya’ni jamoa yanada kuçaydi. Isko nafaqat Serxio Kanalesning örnini bosdi, balki, «Vilyarreal»ga qarşi öyinda undan foydaliroq bölişi mumkinligini isbotladi ham. Iskoning Nabil Fekir bilan tandemi La Ligadagi eng kreativ juftliklardan biri bölişiga şubha yöq. Vilyam Karvalyu bilan esa, jamoa ança salobatli uçlikka ega böladi. «Betis» jarohatlar tufayli nomlari tilga olingan ikki yarimhimoyaçi yordamidan hozirça foydalana olmaydi, ammo istiqbolda, katta ehtimol bilan uç oydan söng Isko – Fekir – Karvalyu uçligini körişimiz mumkin böladi. Fekir noyabrda, Karvalyu şu oy oxirida maşğulotlarga qaytadi. Diyego Simeone esa hozirça Xose Ximenesning yordamidan foydalana olmaydi.

Yana bir qiziq fakt. «Betis» uy öyinlarini ötkazadigan «Benito Vilyamarin» stadioni öziga xos muhitiga ega bölsa-da, negadir ötgan mavsumda aynan öz maydonidagi uçraşuvlarda «Betis» köproq pand yedi. Jamoa uy öyinlari böyiça ligada 10-natijani qayd etgan, oxirgi ikki öyinda esa umuman gol ham ura olmagan. «Atletiko» esa aynan safar öyinlarida eng yaxşilardan biri – ötgan mavsumda faqat çempion «Barselona» safarda köproq oçko töplagan, xolos. Demak, «Betis» yaxşi natijadan umid qilsa, avvalo mana şu noxuş an’anaga çek qöyişi – öz stadionida yaxşi öynay boşlaşi lozim böladi.

Jamoalarning ötgan mavsumdagi özaro töqnaşuvlarida «Atletiko»ning qöli baland kelgan. Sevilyada madridliklar 2:1 hisobida ustun kelgan bölsa, uy öyinida Simeone şogirdlari Korreaning 86-daqiqadagi yagona goli evaziga uç oçkoli bölgan.   

BOŞQA ÖYINLAR

19 avgust. LIVeRPUL – Bornmut (19:00), Vulverhempton – Brayton (19:00), Frozinone – NAPOLI (21:30), BORUSSIYa D – Kyoln (21:30), Almeriya – ReAL MADRID (22:30), INTeR – Monsa (23:45), Tuluza – PSJ (23:59)

20 avgust. ROMA- Salernitana (21:30), BARSeLONA – Kadis (22:30), Udineze – YuVeNTUS (23:45)

21 avgust. Bolonya – MILAN (23:45), Kristal Pelas – ARSeNAL (23:59)