Ukrainadagi uruşning oqibatlari «Yevropa çegaralaridan ança uzoqqa çiqib boradi». Bu haqda AQŞ prezidenti Jo Bayden ma’lum qildi. Uning izohi 18 avgust, juma kuni AQŞ prezidentining Merilend ştatidagi Kemp-Devid qarorgohida Yaponiya boş vaziri Fumio Kisida va Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol bilan uç tomonlama uçraşuvdan söng berildi.
«Rossiya allaqaçon mağlub böldi. U özining ta’kidlagan asl maqsadiga erişa olmadi. Bu mumkin emas... Yaponiya rahbariyati uruşning oqibatlari Yevropadan ham uzoqqa çiqib borişini birinçi kundanoq aniq körsatdi», - dedi Bayden Tokioning töliq miqyosli bosqinga munosabati haqida gapirib.
«Ikkinçi jahon uruşidan beri bunday bosqin bölmagan»
Ukrainada sodir bölayotgan voqealar «faqatgina Yevropaga tegişli muammo emas, Ikkinçi jahon uruşidan beri bunday bosqinlar bölmagan», deb eslatdi Oq uy rahbari.
Yaponiya, şuningdek, «Katta yettilik» doirasida kuçli yetakçilikni namoyiş etdi va Ukrainaga moliyaviy va humanitar yordam, şuningdek, noharbiy texnikalar yetkazib berişga katta hissa qöşdi», dedi AQŞ rahbari.
Kemp-Deviddagi muzokaralar
Şuningdek, Bayden Kisida bilan Kiyevni yanada qöllab-quvvatlaş, Janubi-Xitoy dengizidagi xavfsizlik masalalari böyiça hamkorlik, «Tayvan böğozida tinçlik va barqarorlikni saqlaş» muhimligi hamda mudofaa sohasidagi sezilarli yutuqlarni muhokama qildi, deyiladi Oq uy xabarida. Ular, xususan, yuqori toifadagi gipertovuşli tahdidlarga qarşi turiş uçun maxsus samolyotni birgalikda işlab çiqiş rejalariga töxtaldi, deya qöşimça qildi Oq uy.
Uç davlat rahbarlarining avvalgi yuzma-yuz uçraşuvi 21 may kuni G7 sammiti bölib ötgan Xirosima şahrida ötkazilgandi. Kemp-Deviddagi muzokaralar AQŞ, Yaponiya va Janubiy Koreya rahbarlarining xalqaro tadbirlardan taşqaridagi birinçi uç tomonlama uçraşuvidir, deya ta’kidlaydi ekspertlar.













