Ukrainadagi uruşning 541-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • WSJ AQŞ Turkiyani Rossiyaga çeklovlarni aylanib ötişda yordam berayotgan turk kompaniyalariga qarşi sanksiyalar kiritişning «real xavfi» haqida ogohlantirgani töğrisida xabar berdi.
  • Ukraina rossiyalik oligarx Mixail Fridmanni 700 million grivnani ofşorlarga olib çiqib ketişda aybladi.
  • Moskva markazidagi «Eksposentr» hududiga dron quladi. RF hukumati bu hujum oqibatida jabrlanganlar yöqligini ma’lum qildi.
  • The Washington Post: AQŞ razvedkasi Ukraina yozgi qarşi hujumning asosiy maqsadiga erişa olmaydi va —  Melitopolga yetib bora olmaydi deb hisoblamoqda.
  • AQŞ Ukrainaga Daniya va Niderlandiyadan F-16 samolyotlari yetkazib berişni ma’qulladi.
  • Ğalla kelişuvi bekor bölganidan buyon ilk bor Odessadan çiqqan yuk kemasi Rossiya zarbasi xavfi mavjud bölgan hududlarni çetlab ötgan holda Istanbulga yetib keldi.
  • CNN: Bayden ma’muriyatidagi ayrim harbiylar va mulozimlar ukrainlarning Qrim böylab zarbalariga skeptik yondaşmoqda. Ular buni qimmatbaho resurslarni behuda sarflaş deb hisoblamoqda.
  • The New York Times naşri AQŞ razvedkasiga tayanib yozişiça, Rossiya-Ukraina uruşida har ikki tomondan jami 500 mingga yaqin inson halok bölgan va yaralangan: Rossiyaning Ukrainadagi yöqotişlari 300 ming kişiga yetgan. Bundan 120 ming askar halok bölgan, 180 ming kişi yarador bölgan; Ukrainaning yöqotişlari 70 ming qurbon va 120 ming yarador, deya baholanmoqda.

Moskva-Sitiga dron qulaşi

18 avgustga ötar keçasi Moskva markazida, «Eksposentr» hududida dron qulab tuşdi. Şahar meri Sergey Sobyaninning sözlariga köra, uçuvçisiz uçar qurilma Moskvaga kirişda havo hujumidan mudofaa kuçlari tomonidan urib tuşirilgan. «Uçuvçisiz uçar qurilma parçalari „Eksposentr“ hududiga qulab tuşdi, binoga jiddiy vayrongarçilik yetkazilmagan», — deya yozdi Sobyanin telegram-kanalida. Rasmiylar jabrlanganlar haqida ma’lumot bermagan.

RF mudofaa vazirligidagilar ertalabki soat tört atrofida Ukraina dron orqali Moskva şahri va Moskva oblastidagi obektlarga «navbatdagi terrorçilik hujumi» amalga oşirmoqçi bölgani haqida xabar bergan.

«Havo hujumidan mudofaa tizimi vositalari ta’siridan keyin dron parvoz yönalişini özgartirdi va Moskva şahri Krasnopresnenskaya sohilidagi noturar joy binosiga quladi. Qurbonlar va yonğin bölmagan», - deyilgan RF mudofaa vazirligi bayonotida. Guvohlar tomonidan olingan videoda esa voqea joyida tutun ustuni kötarilgani körinadi. Bundan taşqari, favqulodda xizmatlar RIA Novosti naşriga bir qavatli pavilonning 20 kvadrat metr maydondagi fasadi vayron bölganini bildirgan.

Dron qulaşi oqibatlarini közdan keçirayotgan işçilar
Şamil Jumatov / Reuters / Scanpix / LETA

Donbass şimolidagi ukrain harbiylari 

Jangovar vertolyotga snaryad yuklayotgan ukrain harbiysi
Bram Janssen / AP / Scanpix / LETA
Bram Janssen / AP / Scanpix / LETA
Kramatorsk. Mahalliy aholi vakili rossiyaliklar zarbasi oqibatida vayron bölgan uyi yaqinida
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Ukraina qurolli kuçlarining Avdiyivka yaqinidagi pozitsiyasi
Libkos / AP / Scanpix / LETA

Donetsk öqqa tutilişi oqibatlari

Anneksiya qilingan Donetsk şahri ma’muriyatiga köra, 18 avgust kuni şaharning Kiyev rayonida ilgari portlamay qolgan kassetali öq-dori portlab ketgan. Uç kişi halok bölgan, ularning barçasi — mahalliy kommunal korxonasi xodimlari. Yana bir kişi yaralangan, uni şifoxonaga yotqizişgan.

Donetsk meri Aleksey Kulemzinning tasdiqlaşiça, 18 avgust kuni soat 9:00 dan soat 21:00 ga qadar Ukraina QK şaharni 17 bor öqqa tutgan, jumladan kassetali öq-dorilar bilan ham. Donetskning Kiyev rayonida xususiy sektordagi sakkizta uy şikastlangan.

Iyul oyida AQŞ Ukrainaga kassetali öq-dorilar yetkazib berişni boşlagan va ukrain harbiylari ularni qöllaşni boşlagandi. Human Right Watch huquq taşkiloti faollari harbiy harakatlarda bunday qurollar rossiyalik harbiylar tomonidan ham, ukrainlar tomonidan ham qöllab kelinişini aytadi. 2008 yilda yuzdan ortiq mamlakat kassetali öq-dorilardan foydalanişni taqiqlaş töğrisidagi konvensiyani imzolagan, ammo bu davlatlar orasida Ukraina, AQŞ va Rossiya yöq.

Kommunal xizmatning halok bölgan xodimlari

Luhansk yaqinidagi rossiyalik artilleriyaçilar 

Rossiyalik harbiylar «Grad» baravar öt oçiş reaktiv tizimiga snaryad yuklamoqda
Rossiyalik artilleriyaçi ZIL-131 bazasida yaratilgan «Grad» baravar öt oçiş reaktiv tizimi rasçyoti oldida
«Grad» tizimi ukrain harbiylari pozitsiyalari böylab öt oçmoqda

Rossiyalik harbiylar Kiyevdagi matbuot anjumanida

18 avgust kuni Ukrainaning harbiy asirlar bilan işlaş masalalari böyiça muvofiqlaştiruvçi ştabi rossiyalik harbiy asirlar iştirokida matbuot anjumani ötkazdi.

Ştab vakili Petro Yatsenkoga köra, matbuot anjumanida qatnaşgan asirlar saqlanuvçi lager Ukraina ğarbida joylaşgan. Yatsenko asirlikka tuşgan oddiy askarlar «murakkab bölmagan işlar» bilan şuğullanişi, ofitserlar esa işdan boş tortişga haqli ekanini aytgan. Bundan taşqari, muvofiqlaştiruvçi ştabdagilar rossiyalik harbiy asirlarga Jyeneva konvensiyasi normalariga muvofiq munosabat körsatilişini aytişgan: ular uç mahal ovqat va tibbiy xizmatlar bilan ta’minlanadi, şuningdek diniy amallarini bajarişi mumkin.

2022 yil martida Human Righs Watch (HRW) huquq taşkiloti Ukraina hukumati rossiyalik harbiy asirlar söroq qilinişi aks etgan videolarni namoyiş etişni töxtatişi kerakligini bildirgandi. Öşanda HRW vakillari Jyeneva konvensiyasi asirlikka tuşganlar jamoatçilik qiziqişidan himoyalaşni talab etişini eslatgandi.

Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA