Qirğiziston Issiqköl böyida joylaşgan tört pansionatni 49 yilga Özbekistonga ijaraga beradi. Bunday qaror qabul qilinişiga rasmiy Bişkek AQŞdagi xalqaro arbitraj sudida yutqazgani sabab bölgan. Bu haqda Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov ma’lum qildi.

Qirğiziston Respublikasi sobiq boş vaziri Temir Sariyevning qarori bilan 2016 yil aprelida Özbekistonning Qirğiziston hududidagi törtta pansionati – «Oltin qumlar», «Rohat NBU», «Dilorom» va «Böston» milliylaştirilib, Qirğiziston ixtiyoriga ötkazilgandi. Şundan söng Özbekiston hukumati mazkur holat yuzasidan AQŞdagi xalqaro arbitrajga da’vo arizasi bilan çiqadi.

Özbekiston tomoni Temir Sariyevning harakatlarini sobiq SSSR davlatlari örtasida 1992 yilda imzolangan bitimning buzilişi deya baholaydi. Bitimda sobiq sovet ittifoqi parçalanib ketganidan keyin boşqa davlat hududida qolib ketgan obektlardan foydalaniş nazarda tutilgan.

Qirğiziston prezidenti Sadir Japarovning mahalliy «Kabar» naşriga bergan intervyusiga köra, tomonlar törtta pansionatni özbekistonlik investorlarga 49 yilga ijaraga beriş böyiça kelişuvga erişgan.

«Törtta pansionat böyiça quyidagilarni aytaman. 2016 yilda Temir Sariyev boş vazir sifatida ularni tortib oldi, töğrisini aytsam, bu köproq populizmga öxşardi. Öşanda arxiv hujjatlarini örganiş va bu obektlarning kelajagi haqida fikr yuritiş kerak edi. Agar şunday harakat bilan xalqaro sudda yutqazib qöymasligimizga kafolatlar bölsa, maqsadga muvofiq bölardi.

Öşa yili Özbekiston tomoni Vaşingtondagi xalqaro sudga murojaat qilib, 65 million AQŞ dollari miqdoridagi zararni qoplaşni talab qilgan.

2017 yilda Sapar Isoqov Özbekiston tomoniga maktub yöllab, muammoni tinç yöl bilan hal qiliş va törtta pansionatni Özbekiston tomoniga qaytariş masalasini işlab çiqişni taklif qilgan va da’voni qaytib olişni söragan. Ammo Özbekiston tomoni da’vosidan voz keçmadi», dedi u.

Qirğiziston prezidentining qöşimça qilişiça, sud joriy yilning may oyida Qirğiziston tomoni 40 mln dollardan ortiqroq mablağ tölaşi kerakligi haqida qaror çiqaradi.

«Ularga bu summani tölaşga imkonimiz yöq. Şu bois, Özbekiston tomoni bilan kelişib, ularni 49 yilga ijaraga beriş böyiça kelişuvga erişdik. Uşbu pansionatlar bugungi kunda şu qadar vayronaga aylanganki, omborxona deb ataş mumkin.

Yaqin 15-20 yil içida ularni modernizatsiya qilişga sarmoya kirita olmaymiz, çunki bizda juda köp boşqa muhim kamçiliklar mavjud. Ularni tuzatmagunimizça, pansionatlar haqida gap bölişi mumkin emas. Agar törtta pansionatni sotsak, heç kim 4 million dollarga olmaydi, 40 million dollar haqida-ku gapirmasa ham böladi. Tört-beş yulduzli mehmonxonalar quriş 5-10 yilni oladi, şuning uçun heç bir davlat kiritgan investitsiyalari örnini töldiriş kafolati bölmasa, köp pul sarflaşga rozi bölmaydi», dedi Japarov.

Bundan oldinroq Qirğiziston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat mulkini boşqariş davlat agentligi direktori Kanatbek Turğunbekov Issiqköldagi «Dilorom» («Ene-Say») pansionati özbekistonlik investorlarga foydalanişga topşirilişi mumkinligini aytgandi.

Abdulla Aripov va Qirğiziston prezidenti administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarov Issiqkölda.
Foto: Qirğiziston hukumati

Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripovning Qirğizistonga taşrifi doirasida Özbekiston delegatsiyasi «Dilorom» pansionatiga taşrif buyurib, uni közdan keçirgan.

Qirğizistondagi 4ta pansionat haqida

«Oltin qumlar» pansionati «Çkalov nomidagi Toşkent aviatsiya işlab çiqariş birlaşmasi» davlat aksiyadorlik jamiyatining filiali bölgan. Boşqa ma’lumotga köra esa, u «Özbekiston temiryöllari» AJga tegişli bölgan. Pansionat balansida 28,35 gektar yer maydoni bor. Majmua 68 ta köçmas mulk obekti, jumladan 39 ta kottej va 4 ta korpusdan iborat.

«Dilorom» pansionati 1985 yilda Kara-Oy qişloğida qurilgan. Qirğiston hukumati natsionalizatsiya qilişidan oldin uning egasi «Asakabank» hisoblangan. Pansionat yer maydoni 21,77 gektardan iborat.  

Majmua 75 ta köçmas mulk obekti, jumladan 45 ta kottej, 4 ta korpus, suv havzasi, oşxona, tibbiy punkt, garaj, suv bosimi minorasidan iborat.

Foto: Issiqköldagi Özbekistonning sobiq «Rohat» pansionati / Courtesy Photo

«Rohat-NBU» pansionatining muassisi Özbekiston taşqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki bölgan. Pansionat Kara-Oy qişloğida joylaşgan bölib, 19,05 gektar yerdan iborat va mahalliy qişloq mahkamasidan 2,7 gektar plyaj-boğ maydonini ijaraga oladi. Pansionatda 49 ta inşoot, jumladan, 7 ta kottej bor. 9 ta obekt kafe sifatida qöllanadi, 3 ta ma’muriy korpus mavjud. Qolgan 30 ta inşoot xizmat maqsadlari uçun omborlar va ofislar sifatida jihozlangan.

«Böston» pansionatiga «Sanoatqurilişbank» egalik qilgan. U Issiqköl viloyatining Ton tumanida joylaşgan. 10,65 gektar maydonga ega.