Germaniya aholisining yarmidan köpi – 52 foizi Taurus nemis qanotli raketalarini Ukrainaga yetkazib berişga qarşi, bu ARD mediakompaniyasi tomonidan 18 avgust, juma kuni e’lon qilingan Deutschlandtrend va Morgenmagazin sörovlari natijalaridan kelib çiqadi.
Uşbu natijalarga köra, nemislarning atigi 36 foizi Kiyevga Taurus raketalarini yetkazib berişga rozi, respondentlarning yana 12 foizi bu borada qat’iy fikrga ega emas. Ukrainaga Taurus raketalarini yetkazib berişga qarşi bölganlar uluşi ayniqsa şarqiy federal yerlarda yuqori (70 foiz), ğarbiy yerlarda esa 47 foiz qarşi, 40 foiz esa buni ma’qullagan.
«Yaşillar» tarafdorlari - Taurus’ni yetkazib berişning eng faol tarafdorlari
Siyosiy simpatiyalar böyiça, Kiyevga Taurus raketalarining yetkazilişiga qarşi bölganlarning aksariyati – 76 foizi «Germaniya uçun muqobillik» (GuM) öng qanot populistik partiyasi elektorati orasida. Ammo «yaşillar» va erkin demokratlar tarafdorlari orasida bunday ta’minotni yoqlaganlar ustunlik qilmoqda (mos ravişda 68 va 56 foiz).
Ukraina uzoq vaqtdan beri Germaniya hukumatidan qanotli raketalar yetkazib berişni sörab keladi. Germaniya kansleri Olaf Şols ötgan hafta oxirida bu masala böyiça ehtiyotkorlik bilan gapirdi va uning hukumati Germaniya qanday hissa qöşişi mumkinligi haqida aniq qaror qabul qilişdan oldin bu masalani sinçiklab örganişda davom etişini ta’kidladi.












