Angliya: Ensoning hal qiluvçi xatosi
«Vest Hem» – «Çelsi» 3:1
Gollar: 1:0 – 7 Agerd, 1:1 – 28 Çukvuemeka, 2:1 – 53 Antonio, 3:1 – 90+4 Paketa
Aniq ijro etilmagan penalti: Enso Fernandes, 42 (darvozabon)
Vest Hem – Areolya, Tsoufal, Zuma, Agerd, Emerson, Uord-Prouz (Alvares, 81), Souçek, Lukas Paketa, Benraxma (Ogbonna, 69), Bouen, Antonio (Fornals, 76).
Çelsi – Sançes, Gyusto (Berstou, 83), Tiago Silva, Disasi, Koluill, Çiluell (Kaysedo, 61), Gallaher (Madueke, 75), Fernandes, Çukvuemeka (Mudrik, 46), Sterling, Jyekson.
Ogohlantirişlar: Agerd (13), Lukas Paketa (35), Disasi (36), Çukvuemeka (40), Emerson (45), Jyekson (72).
Çetlatiş: Agerd (67).
«Vest Hem» mavsum boşlangaç ajoyib transfer amalga oşirdi, standartlar qiroli va «Sauthempton» sardori Uord-Prouzni çempioşipdan xalos etdi, u esa darhol öziga tölangan pullarni (30 mln funt) oqlaşga kirişdi. Uşbu angliyalik havbekning burçakdan har bir uzatmasi xavfli çiqdi, ulardan biri esa Agerdning goli bilan yakunlandi. Ötgan mavsumda «Çelsi» birinçi gol ötkazib yuborganidan keyin öziga kela olmagan bölsa, hozirgi jamoa — tarkib juda yoşligiga qaramay — ruhiy jihatdan ança barqarorligini namoyiş etmoqda.
Faxriy futbolçilar ham işonçli öynamoqda. Javob golini urgan Çukvuemekiga qanotda faol harakat qilgan Çiluell yordam berdi, Sterling esa köp ötmay penalti işladi, ammo Enso Fernandes undan foydalana olmadi. Bunday xato esa odatda qimmatga tuşadi.
Qolaversa, javob goli muallifi Çukvuemeki jiddiy jarohat olib maydonni tark etdi.

Birinçi bölimning oxirgi 15 daqiqaligida himoyadan çiqa olmagan «Vest Hem» bir amallab durang hisobni saqlab qoldi va ikkinçi bölimda yana taşabbusni qöliga oldi. Antonio Uord-Prouz yordamida gol urdi va Agerd maydondan çetlatilişi ham «bolğaçilar»ga tösqinlik qila olmadi. Öyin oxirida esa — qimmatbaho Kaysedo debyutini rasvo qildi, uning jarima maydoni içidagi ehtiyotsiz harakati penaltiga sabab böldi, şunday ekan, Maurisio Poçettino «Çelsi» boşqaruvidagi ilk ğalabasini hali kutişga majbur böladi.
Todd Bouli kelganidan keyin qariyb 1 milliard yevro sarflab, tarkibga 24 futbolçi olib kelindi (ijaraga olinganlar bilan qöşganda). Ayni vaqtga kelib bu futbolçilarning ikki nafari qaytarib sotib yuborilgan, ikki nafari ijara muddati tugab, qaytib ketgan, 4 nafari jarohat olgan. Natijada hozirça londonliklarda oçkolar sonidan köra jarohat olganlar (Jyeyms, Badiaşile, Çaloba, Fofana, Nkunku, Broxa, Çukvuemeki) soni köproq.
Londonliklar keyingi turda debyutant «Luton»ni qabul qiladi, keyin yana uyda «Nottinghem Forest» bilan va safarda «Bornmut» bilan öyinlar bor.

Ispaniya: Xaloskor Pedri va Iskoning qaytişi

Barselona – Kadis 2:0
Gol: 1:0 – 82 Pedri, 2:0 – Ferran Torres 90+3
Barselona – ter Stegen, Kristensen (Erik Garsiya, 79), Kunde, de Yong, Balde (Fati, 68), Gundöğan, Romeu (Serji Roberto, 79), Pedri, Gavi (Ezzalzuli, 68), Yamal (Ferran Torres, 85), Levandovski.
Kadis – Ledesma, Karselen, Ernandes, Fali Ximenes, Xavi, Alexo (Maçis, 68), Alkaras, San-Emeterio (Sobrino, 68), Aleks Fernandes (Negredo, 86), Roxer Marti (Xose Mari, 86), Ramos (Osmayiç, 86).
Ogohlantirişlar: Alexo (14), de Yong (26), ter Stegen (26), San-Emeterio (45), Gavi (45), Pedri (73).
«Barselona»ga xos bölmagan uy öyini — jamoa stadioni «Kamp Nou» rekonstruksiya qilinmoqda. Kök-anorranglilar hujumlarni yakunlaşda qanday qiynalişini köriş yanada ajablanarli böldi. Kataloniyaliklar «Xetafe»ga qarşi safar öyinida ham gol ura olmagan (0:0), bu öyinda Rafinya qizil kartoçka olib diskvalifikatsiyaga uçragandi, qolaversa Xavi ham töp «Kadis» darvozasiga kirişni istamayotganini zaxira örindiğida emas, tribunada ötirib kuzatişiga töğri keldi. Yoki şunçaki töp darvozaga kiriş istamayotganini deyiş mumkin, mehmonlarda ham bir neça qulay vaziyatlar böldi va ular ham bu imkoniyatlarini kökka sovurdi.
Albatta, «Barsa» köproq vaziyatlar yaratdi hamda mehmonlar darvozaboni Ledesma bir keçaning özida turning eng yaxşi seyvlari hit-paradida bir neça örinni band etib qöydi. Çempionlar esa Gundöğan va Pedri juftligining çiroyli harakatlari evaziga baribir öz maqsadiga erişdi. Yoş yarimhimoyaçi yiqilayotgan holda töpni darvoza töriga yönaltirişga erişdi va zaxira örindiği tomon yugurib, özi tuğilgan Tenerife şahrini qöllab-quvvatlaş uçun maxsus futbolkani namoyiş etdi - u yerda örmon yonğinlari tufayli ön minglab kişilar evakuatsiya qilinmoqda.
Pedrining bu goli — Xavi boşqaruvi davridagi öninçisi böldi — bu esa uning uşbu murabbiyning sehrli tayoqçasi ekanini yana bir bor isbotlaydi. Gap şundaki, «Barsa»ning yangi mavsumdagi ilk ğalabasini ta’minlagan Pedri ötgan mavsumda ham yetti öyinda hisob 0:0 holatida gol urib, ğalaba tomon yöl oçgandi.
Öyinga qöşib berilgan daqiqalarda esa Levandovski Ferranni golli pas bilan ta’minladi. Bu öyindagi yana bir e’tiborga molik holat Lamin Yamal kataloniyaliklar safida boşlanğiç tarkibdagi debyutini ötkazişi böldi. Uning debyuti 16 yoşu 38 kunligida röy berdi va la liganing yangi rekordiga aylandi. Hatto Messi ham boşlanğiç tarkibda bu qadar erta maydonga tuşmagandi. Mavsumlar oraliğidagi yiğinlarda özini körsatgan uşbu futbolçi amalda ötgan mavsum oxirida debyut qilib, bir öyinda zaxiradan tuşgandi, yangi mavsumning birinçi turida esa «Xetafe»ga qarşi öyinda ham ikkinçi bölimda öynagandi.
Betis – Atletiko 0:0
Betis – Ruy Silva, Sabali, Pesselya, Luis Felipe, Abner, Ruibal (Xuan Krus, 72), Isko (Rodri, 72), Roka, Rodriges, Peres (Guardado, 84), Iglesias (Villian Joze, 62).
Atletiko – Oblak, Aspilikueta, Saviç, Ermoso, Vitsel, Karrasko (Lino, 65), De Paul (Rikelme, 80), Lemar (Morata, 64), Lorente (Barrios, 46), Grizmann, Depay (Saul, 64).
Bu öyinning birinçi bölimidagi asosiy voqea – Iskoning katta futbolga qaytişi böldi. U ötgan mavsum arafasida nihoyat «Real» bilan xayrlaşgan va Xulen Lopetegining çaqiruvi bilan «Sevilya»ga ötgandi. Ammo murabbiy mavsum boşida işdan böşatildi, havbek esa andalusiyaliklar klubi bilan şartnomasini bekor qilişga majbur böldi. Keyin qişda «Union»ga ötişi mojaroli tarzda barbod bölgandi. Ammo, aftidan donişmand Manuel Pellegrini uşbu yarimhimoyaçining faoliyatini jonlantirişga ahd qilgan, çunki «Betis»ga ham Meksikaga ketgan Kanales örnini bosuvçi futbolçi kerak.

Birinçi bölimda Isko 50 ta uzatma amalga oşirdi va ularning barçasi manzilga aniq yetib bordi. Bu öyindagi yana bir qiziq körsatkiç — «Atletiko»da zarbalar bölmagani. Gap darvoza sohasiga aniq bormagan zarbalar haqida ketmayapti, jamoa futbolçilari umuman zarba yöllamagan. Ammo Diyego Simeonening pragmatik öyini barçaga ma’lum va ikkinçi bölimda standart vaziyatdan keyin Ermoso zerikib qolgan Ruy Silvani töpni darvoza tösini ostidan «olib çiqiş»ga majbur qildi. «Atletiko» faollaşdi, ammo bu ğalabaga yetarli bölmadi. Yakunda ispanlar uçligida ayni vaqtda faqat «Real»gina oçko yöqotmay davom etmoqda.

Italiya: Belottining qaytişi
Roma – Salernitana 2:2
Gollar: 1:0 – 17 Belotti, 1:1 – 36 Kandreva, 1:2 – 49 Kandreva, 2:2 – 82 Belotti.
Roma – Ruy Patrisiu, Kristensen (Karsdorp, 65), Smolling (Paredes, 65), Liorente, Mançini, Spinatssola (Zalevski, 65), Kristante, Auar (Pagano, 90), Bove (Sanşeş, 65), Al-Şa’roviy, Belotti.
Salernitana – Oçoa, Matssokki (Dia, 66), Fasio, Domber, Lovato, Bradariç, Kandreva, Kastanos (Sambiya, 78), Kulibali, Majore (Lengovski, 78), Butheym (Kulibali, 88).
«Roma» hozirça Dibala va Abrahamsiz öynaşiga töğri keladi, ikki yangi futbolçi — Renatu Sançeş va Paredes esa — zaxirada qoldirildi. Ikkinçi bölimda esa «PSJ»ning sobiq yarimhimoyaçisi Rimga qaytişini golli pas bilan nişonladi. Lekin argentinalik futbolçining burçakdan yöllagan golli pasi «börilar»ni faqat mağlubiyatdan qutqarişga yaradi. Joze Mourino uçun yagona xursand qiluvçi holat — Belottida gol seziş qobiliyati yana paydo bölgani bilan boğliq. Bir neça yil muqaddam, u «Torino» hujumçisi sifatida A Seriyaning dahşatli töpurarlaridan biri sifatida tanilgandi, ötgan mavsumda esa u çempionatda birorta gol urmadi. «Olimpiko»ga qaytişdan ilhomlangan faxriy futbolçi Kandreva «Roma»ga muammolar tuğdirdi. «Latsio»ning sobiq futbolçisi yetti yil içida ilk bor dubl qayd etdi va bu Abadiy şahardagi asosiy stadionda röy berdi.
«Udineze» – «Yuventus» 0:3
Gollar: 0:1 – 2 Kiyeza, 0:2 – 20, penalti Vlahoviç, 0:3 – 45 Rabio.
Udineze – Silvestri, Ebosele (Joau Ferreyra, 57), Kabasele, Biyol, Peres, Kamara (Zemura, 46), Uolas, Lovriç, Sarraga (Samarjiç, 46), Toven (Saksess, 66), Betu (Lukka, 75).
Yuventus – Şçensni, Aleks Sandro, Danilo, Bremer, Kambiyazo (Ayling, 70), Vea (Makkenni, 46), Rabio, Lokatelli, Miretti (Fadjoli, 46), Kiyeza (Milik, 77), Vlahoviç (Yildiz, 85).
Yoz davomida «Yuventus»ning hujum çiziği vakillari turli jamoalarga tarqalib ketişi haqida tinimsiz yozib turildi. Lekin mavsum startida Kiyeza ham, Vlahoviç ham, Rabio ham şu yerda. «Udineze»ga qarşi öyin Massimiliano Allegrini va «Yuventus» haqidagi tasavvurlarni yöqqa çiqaradigan öyin böldi — turinliklar hujumkor öyin körsatişdi, Kiyeza Vlahoviçning pasidan keyin töpga şunday yerlatib zarba berdiki, darvozabon joyidan qimirlay olmadi. Bu vaqtda sekundomer 1:48 raqamini körsatayotgandi va bu «Keksa sinora»ning 1981 yildan buyon eng tezkor goli böldi. Bölim oxirida esa Kiyezaning tovon bilan bergan pasidan keyin Kambiyazo töpni Rabioning boşiga ideal darajada yetkazib berdi. Bu ikki vaziyat oraliğida Vlahoviç penaltini aniq ijro etgandi va ikkinçi bölim amalda quruq rasmiyatçilikka aylandi.
Buni turinliklarning ideal öyini deb bölmaydi, «Udineze» vaqti-vaqti bilan Şçensni darvozasiga xavf solib turdi, ammo ötgan mavsumda yevrokuboklardan mahrum bölgan «biyankonerilar» skudetto uçun asosiy da’vogarlar qatorida ekanini namoyiş etişdi.
Germaniya: bir öyinda ikki rekord
Union – Mayns 4:1
Gollar: 1:0 – 1 Berens, 2:0 – 9 Berens, 2:1 – 64 Kasi, 3:1 – 70 Berens, 4:1 – 90 Pantoviç.
Union – Rennov, Trimmel, Knoxe, Diogu Leyte, Duki, Russiyon (Gozens, 66), Kral, Laiduni (Kemlyayn, 89), Aaronson (Pantoviç, 76), Berens (Folland, 89), Fofana (Bekker, 66).
Mayns – Tsentner, da Koşta (Vayper, 81), Bell, Fernandeş, Kor (van der Berg, 60), Kasi, Li Je Son (Barkok, 75), Barreyro, Ştax (Kraus, 81), Onisivo (Gruda, 60), Ajork.
Ogohlantirişlar: Berens (10), Li Je Son (31), Kor (51), da Koşta (58), Barreyro (80), Svensson (90), van der Berg (90).
Bu mavsum Çempionlar ligasida debyut qiladigan «Union» yozda tarkibni kuçaytirdi va bundesligada mavsumni yirik hisobdagi ğalaba bilan boşladi. Urs Fişer yangi futbolçilarni tarkibga asta-sekinlik bilan kiritişni boşladi. Yakşanba kungi öyinda yangi futbolçilardan faqat uç nafari boşlanğiç tarkibdan örin oldi. Italiyadan («Atalanta») qaytgan Gozens va Fransiyadan («Monako») qaytgan Folland esa zaxiradan qöşildi, hujumçi maydonga tuşgan zahoti törtinçi golga uzatma berişga ulgurdi.
Ötgan mavsumda jamoaning asosiy töpurari bölgan Bekker ham hozirça joker maqomida. U ikkinçi bölimda zaxiradan öyinga qöşilib, Berens uçinçi golini rasmiylaştirişiga yordam berdi. 32 yoşli hujumçi bu het-trigi orqali bundesliga tarixiga kirdi. Körsatkiçlar hisoblaş boşlanganidan buyonn bundesligada hali heç kim bir öyinda boş bilan uçta gol urmagandi. «Mayns» hujumçisi Ajork ham turnir tarixiga kirdi, u bir öyinda ikki penaltini golga aylantira olmagan ilk futbolçiga aylandi.
Kun statistikasi
- Stuani «Jirona»ning la ligada 50 gol urgan 1-futbolçisiga aylandi. Urugvaylik faxriy hujumçi kataloniyaliklarning oliy diviziondagi jami gollarining 42 foiziga mualliflik qilgan (149 tadan 51 ta).
- Qatorasiga 8 uy öyinida ğalaba — «Aston Villa»ning 1990 yildan buyon eng yaxşi seriyasi böldi.
- Kayyu Enrike «Monako» tarkibida 22 ta golli uzatma berdi. Uşbu himoyaçi bu borada 2020/21 yillar mavsumi boşidan buyon top-5 ligalarda eng yaxşi braziliyaliklar — Neymar va Vinisius Junior bilan bir qatorda.
- «Portu»ning eng sermahsul himoyaçisi Markano gollari sonini 29 taga yetkazdi. Bundan taşqari, u 90+10-daqiqada gol uriş orqali, «ajdarlar» tarixida eng keç urilgan ğalaba goli muallifiga aylandi.
- 39 yoşu 214 kun — «Ayntraht» himoyaçisi Hasebe şu yoşda. Yaponiyalik futbolçi Uli Ştaynning rekordini yangiladi va «burgutlar»ning bundesligada öynagan eng keksa yoşli futbolçisi bölib oldi.
- «Latsio» hujumçisi Immobile «kuçli beşlik» çempionatlarida urgan gollari sonini 200 taga yetkazdi. Bundan taşqari, forvard barça turnirlar hisobga olinganda, safar öyinlarida roppa-rosa 100 bor darvozani işğol etgan.












