«Transport vositalarida taşişda harakat xavfsizligini ta’minlaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga köra, avtobuslarda haydovçilarning mehnat va dam oliş rejimini nazorat qiliş qurilmalari bölganda yölovçilarni tunda şaharlararo, viloyatlararo va xalqaro muntazam yönalişlarda içki işlar organlari hamrohligisiz taşişga ruxsat beriladi.
2024 yil 1 yanvardan:
- şaharlararo, viloyatlararo va xalqaro yölovçi taşuvçi avtotransportlar haydovçilarining iş vaqti tabellar, yöl varaqlari, çiptani hisobga oliş varaqlari taxograf körsatkiçiga asosan hisobga olinadi;
- mehnat va dam oliş rejimiga rioya etilişini nazorat qiluvçi inspektorlar zarur qurilmalar bilan ta’minlanadi.
Qarorga köra, muntazam yönalişlarda yölovçi taşiş qoidalarini buzganlik, mehnat va dam oliş rejimiga rioya etmaslik holatlari yuzasidan Transport nazorati inspeksiyasi xodimlari tomonidan bayonnoma tuziş va ma’muriy javobgarlikni belgilaşni nazarda tutuvçi Qonun loyihasi işlab çiqiladi.
Qaror bilan şuningdek, quyidagi tartiblar joriy etiladi:
- soçiluvçan (qadoqlanmagan) quriliş materiallari, qişloq xöjaligi mahsulotlari, sanoat va oziq-ovqat tovarlarini, quriliş va maişiy çiqindilarni, şuningdek, boşqa tökiladigan (issiq asfalt, yirik gabaritli va oğir yuklardan taşqari) yuklarni N, O3 va O4 toifadagi bortli va özi ağdaruvçi avtotransportlarda majburiy tartibda brezent yoki polivinilxlorid qoplamali materiallardan tayyorlangan tent bilan bort sathidan oşirmasdan va bortga mustahkam qotirilib, yuza qismi töliq yopilgan tarzda taşiş;
- «Özbekiston temir yöllari» AJning 2023 yil 10 sentabrdan temir yöl transportida mahalliy yuklarni (toş kömir, qönğir kömir, koks, ma’dan va ma’dan konsentratlari) içki yönalişlarda oçiq turdagi vagonlarda bortidan oşirib yuklanganda, yukni taşişda brezent yoki polivinilxlorid qoplamali materiallardan tayyorlangan tent bilan qoplangan holda taşiş.











