Ukrainadagi uruşning 547-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Pentagondagilar Yevgeniy Prigojin katta ehtimol bilan halok bölganini aytişdi. Vladimir Putin va Ramzan Qodirov ham vagnerçilar rahbari vafoti yuzasidan hamdardlik bildirgan.
  • The Wall Street Journal gazetasi AQŞ rasmiy şaxslariga tayangan holda, Prigojinning biznes-jyetiga bomba örnatilgan bölişi mumkinligini yozdi. Ğarblik mulozimlar fikriça, samolyotni yöq qiliş buyruği Putin tomonidan berilgan.
  • Aleksey Navalniy Prigojinning samolyoti halokatini «Putin uyuştirgan terakt» deb atadi.
  • Volodimir Zelenskiy Ukraina samolyot halokatiga aloqador emasligini bildirdi. «Bunga kimning aloqasi borligini hamma bilib turibdi», — deya qayd etgan Ukraina prezidenti.
  • Shot telegram-kanali tergovçilar samolyot şassisiga portlovçi qurilma örnatilgani haqidagi versiyani ham körib çiqayotgani haqida xabar berdi. «VÇK-OGPU» anonim kanali ma’lumotiga köra, işda birinçi gumonlanuvçi paydo bölgan — Prigojinning şaxsiy uçuvçisi Artem Stepanov.
  • AQŞ ukrain bolalar Rossiyaga deportatsiya qilingani tufayli «Artek» va Ramzan Qodirovning onasiga qarşi sanksiyalar qölladi.
  • Ukraina razvedkasi xabar berişiça, Qrim sohillari yaqinida qayiqlar va aviatsiya kuçlari örtasida töqnaşuv röy bergan. Rossiya naşrlariga köra, ukrainalik diversantlar halok bölgan.
  • Rossiya qöşini Dniprodagi avtovokzalga raketa zarbasi yölladi. Ön kişi yaralangan. RF mudofaa vazirligi «Ukraina qurolli kuçlarining qaror qabul qiliş markazi»ga zarba yöllanganini ma’lum qildi.

Yevgeniy Prigojin ölimi haqidagi xabarlardan keyin Rossiyada nimalar bölmoqda?

23 avgust kuni keçqurun Tver oblastida Yevgeniy Prigojinga tegişli bölgan xususiy samolyot qulab tuşdi: bortdagi ön kişining barçasi halok bölgan, ulardan uç nafari — ekipaj a’zolari edi. Rosaviatsiya ma’lumotiga köra, «Vagner» XHK rahbari ham yölovçilar röyxatida bölgan. Prigojinning ölimi hali ham rasman tasdiqlanmadi, samolyot halokatiga nima sabab bölgani ham ma’lum emas — bunga samolyot bortiga bomba örnatilgani yoki taşqaridan raketa zarbasi berilgani sabab bölişi mumkin.

Tver oblasti Kujyenkino qişloği yaqinida Yevgeniy Prigojin samolyoti qoldiqlari
Marina Lysseva / Reuters / Scanpix / LETA
FVV xodimlari samolyot halokati qurbonlaridan birining jasadini qopga solib olib ketmoqda
Dmitriy Lebedev / Kommersant / SIPA USA / Vida Press
Sankt-Peterburgdagi sobiq «ÇVK Vagner Tsentra» binosi oldida taşkil etilgan memorial oldida yiğlayotgan ayol
Dmitriy Lovetskiy / AP / Scanpix / LETA
«Vagner» XHK yollanma jangçisi Novosibirskda taşkil etilgan memorial oldida
Vladimir Nikolayev / AFP / Scanpix / LETA
Peterburgdagi sobiq «ÇVK Vagner Tsentra» binosi oldidagi memorial
Dmitriy Lovetskiy / AP / Scanpix / LETA

Putin va «Aleşa» tanki ekipaji Kremlda 

Vladimir Putin Kremlda Beşinçi qöşma qurolli armiyaning 127-motoöqçilar diviziyasidagi «Aleşa» tanki ekipaji bilan uçraşdi. «„Aleşa“ tanki ekipaji Ukraina qurolli kuçlarining son jihatdan ustun kuçlari bilan jangga kirişib, ustun keldi, şuningdek, zarbaga uçragan tank ekipaji hayotini saqlab qoldi», — deyilgan Kreml xabarida. Tört tankçi ham Rossiya Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan, ulardan biriga — «Jasorati uçun» medali ham berilgan.
Mixail Klimentev / Sputnik / Reuters / Scanpix / LETA

Donetsk öqqa tutilişi

24 avgustga ötar keçasi Ukraina qurolli kuçlari Donetskka zarba yölladi, deb xabar bergan RT telekanali harbiy muxbiri Aleksandr Piskunov. Uning sözlariga köra, hujum vaqtida kassetali öq-dorilar bilan zarba berilganda eşitiladigan tovuşlar quloqqa çalingan. Vişnevskiy nomidagi şifoxona korpuslaridan biri va dökon şikastlangan. Donetsk şahrining Moskva tomonidan tayinlangan meri Aleksey Kulemzinga köra, hujum vaqtida tinç aholi vakillaridan biri halok bölgan. Ukraina tomoni Donetsk öqqa tutilişi yuzasidan izoh bermagan.

Favqulodda vaziyatlar xizmati xodimi Donetsk şahri ukrain harbiylari tomonidan öqqa tutilişi oqibatida Petrovsk rayonida çiqqan yonğinni öçirmoqda
Donetsk öqqa tutilişi oqibatida halok bölgan tinç aholi vakilining jasadi

Dniprodagi avtovokzalga zarba oqibatlari 

Rossiya qöşini 24 avgustga ötar keçasi Dnipro şahrini öqqa tutdi. Ön kişi yaralangan, önlab binolar şikastlangan — ular orasida şahar avtobus vokzali ham bor. Rossiya mudofaa vazirligi «Ukraina qurolli kuçlarining qaror qabul qiliş markazi»ga zarba yöllanganini ma’lum qildi.
Mykola Miakshykov / Ukrinform / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA

Ukrainada Mustaqillik kuni qanday nişonlandi 

Xarkivdagi metro bekatlaridan birida Ukraina madhiyasini ijro etayotgan xor
Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA
Ukrain harbiylari va rasmiy şaxslari Kiyevdagi bayram tadbirida
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Kiyevdagi Kreşçatik köçasida rossiyaliklarning ölja qilib olingan harbiy texnikalari körgazmasi
Vladyslav Musiienko / Reuters / Scanpix / LETA
RF armiyasining ölja qilib olingan texnikasi oldidagi kiyevlik
Ercin Erturk / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Frontning turli çekkalaridan suratlar