27 avgust kuni soat 03:30 atrofida Toşkent viloyati Angren şahrida yuk maşinalari iştirokida yöl-transport hodisasi sodir böldi. Bu haqda viloyat Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Şahar hududidan ötgan xalqaro ahamiyatdagi A-373 avtomobil yölining 183-kilometrida Shacman rusumli yuk avtotransport haydovçisi özi bilan bir yönalişda oldinda harakatlanayotgan Cobalt va Volkswagen Crafter rusumli yuk avtomaşinalari bilan töqnaşgan.

Şundan söng Shacman yöl çetida harakatsiz turgan Man rusumli yuk avtomobiliga urilib töxtagan.

Foto: Toşkent viloyati YHXB

YTH oqibatida 2 nafar haydovçi va bir nafar yölovçi tan jarohati olib, şahar markaziy şifoxonasiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Angren şahar IIB tomonidan tergovga qadar suriştiruv işlari olib borilmoqda.