Bolalar milliy tibbiyot markazining öz sohasida katta yutuqlarga erişib kelayotgan bir guruh xodimlari vazirlik kökrak nişoni va pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Mukofotlar 26 avgust kuni milliy tibbiyot markazida ötgan tadbirda topşirildi. Tadbirni Özbekiston soğliqni saqlaş vaziri Amrillo Inoyatov oçib berdi.
Uning ta’kidlaşiça, 130 million dollardan ziyod mablağ hisobiga Janubiy Koreya Respublikasi kömagida barpo etilgan uşbu markaz töliq zamonaviy tibbiy jihozlar, şu jumladan, magnit rezonans tomografiya, multispiral kompyuter tomografi, DNK analizatori hamda onkologik kasalliklarni bir neça yil oldin aniqlaydigan zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan. Markazda samarali faoliyati yuritiş uçun 100 dan ortiq vraç va hamşiralar Janubiy Koreyada malaka oşirib qaytgan.
“Jarrohlik amaliyoti uskunalariga maxsus kamera örnatilgan bölib, boşqa şifoxonalar va oliy ta’lim muassasalari operatsiyalarni onlayn tarzda körib turişi zamonaviy texnologiyalar orqali masofaviy tibbiy köriklar hamda konsiliumlar taşkil etiş imkoniyati yaratilgan.
“Uşbu markaz yuqori texnologiyalar asosida xizmat körsatişga ixtisoslaşgan Markaziy Osiyoda yagona uşbu turdagi bolalar tibbiyot muassasasidir. Bu yerda yiliga 3 mingdan ziyod noyob jarrohlik amaliyotlari bajarilmoqda.
Davlatimiz rahbari 2020 yil 20 may kuni Bolalar milliy markazi bilan tanişar ekanlar “Bu markaz – milliy boyligimiz. Bu yerda bolalarni malakali davolaş bilan birga zamonaviy telemeditsina texnologiyalari asosida mamlakatimiz hududlarida ham yuqori sifatli tibbiy xizmatlarni taşkillaştiriş kerak, – degan edi.
Bolalar milliy tibbiyot markazida ötgan davr mobaynida birmunça amaliy tadbirlar, yangi jarrohlik va davolaş amaliyotlari yölga qöyilişiga erişildi.
2023 yilning ötgan davrida bolalarda ilk bor umurtqa poğonasi qiyşiqligi (skolioz) kasalligining radikal korreksiyasi amaliyoti yölga qöyilib, 30 ga yaqin bolalarda uşbu amaliyotlar ötkazilib, soğlomlaştirildi. Uşbu amaliyot amalga oşirilişi valutaning çet elga çiqib ketişi, eng asosiysi aholimizning çet davlatlarda sarson bölişining oldini olişga hamda xorijiy standartlarning Özbekistonga kirib kelişiga erişildi.
Vaholanki, bugungi kunga qadar mazkur amaliyotlar bolalar fondi orqali Turkiya va Hindiston davlatlarida 20-25 ming AQŞ dollari evaziga amalga oşirilib kelingan”, – dedi vazir.







