Ukraina Taşqi işlar vazirligi Rim papasi Fransiskning Sankt-Peterburgda ötkazilgan katolik yoşlarning 10-umumrossiya yiğilişidagi bayonotlariga tanqidiy munosabat bildirdi. «Aslida Rossiyaning surunkali tajovuzkorligiga sabab bölgan buyuk davlat ğoyalari ongli yoki ongsiz ravişda Rim papasining oğzidan çiqqani juda açinarli», dedi Ukraina Taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Oleg Nikolenko 28 avgust, duşanba kuni pontifikning Rossiyadagi yoşlar bilan video-aloqa orqali suhbatini izohlab. Vatikanning vazifasi, Kiyevga köra, qöşni davlatga qarşi uruş boşlagan Rossiya amaldagi «buzğunçi yöliga yoşlarning közini oçiş», deya qöşimça qildi Nikolenko. 

Ukraina Taşqi işlar vazirligi spikeri Kiyevni ğazablantirgan iqtibosni keltirdi: «Heç qaçon merosni unutmang. Sizlar buyuk Rossiyaning avlodlarisiz: avliyolar, hukmdorlarning buyuk Rossiyasi, Pyotr I, Yekaterina II, öşa imperiya – buyuk, ma’rifatli, madaniyatli, bu merosdan heç qaçon voz keçmang, sizlar buyuk Rossiyaning avlodlarisiz, oldinga qarab davom eting». 

Fransiskning rossiyalik yoşlarga murojaati matni Rim papasi saytida e’lon qilingan. Hujjatda Kiyev pontifikka tegişli ekanini aytgan bayonotlar yöq. Biroq, ularni Rossiya katolik yepiskoplari konferensiyasi veb-saytida çop etilgan voqea haqidagi xabardan topiş mumkin. 

UYuKÇ Vatikandan tuşuntiriş kutmoqda 

Ayni paytda, Ukraina yunon-katolik çerkovi (UYuKÇ) pontifikning «niyatlari, konteksti va bayonotlari bilan boğliq har qanday manipulyatsiyalarga» yöl qöymaslik uçun Rim papasidan vaziyat böyiça tuşuntirişni kutmoqda. «Umid qilamizki, uning bu sözlari tarixiy baho berişga urinişlarsiz, Rossiyaning imperialistik ambitsiyalarini qöllab-quvvatlamaydi», dedi UYuKÇ rahbari Svyatoslav (Şevçuk). «Rossiyaning Ukrainaga qarşi harbiy harakatlari kontekstida bunday bayonotlar tajovuzkor mamlakatning yangi mustamlakaçilik ambitsiyalarini ruhlantiradi», deya ta’kidlab ötdi u. 

25 avgust kuni Rim papasi Rossiyadagi yoşlar bilan video-aloqa orqali suhbatlaşdi, şu bilan birga, yigit-qizlarning savollari, jumladan, Ukrainadagi uruş bilan boğliq böldi. Avvalroq Rim-katolik çerkovi rahbari tinçlikparvarlik missiyasi taşabbusi bilan çiqqandi, uning doirasida Vatikan maxsus vakili kardinal Matteo Dzuppi Ukraina, Rossiya va AQŞda diplomatik muzokaralar ötkazdi. Yaqin orada kardinal Dzuppi Xitoyga boradi.