Qirğiziston poytaxti Bişkek şahridagi yuzni tanuvçi kameralar yordamida avval Özbekistonda jinoyat sodir etgani uçun qidiruvda bölgan xorij fuqarolari qölga olindi.
Qayd qilinişiça, 1983 yilda tuğilgan X.R. Öş şahri bozoridagi yuzni taniş kamerasiga tuşib qolgan. Unga nisbatan Özbekistonda Jinoyat kodeksining «Öğrilik» va «Hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallaş, nobud qiliş, ularga şikast yetkaziş yoki ularni yaşiriş» moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan. X.R. Özbekistonda qidiruvga berilgan.
U bilan birgalikda soliq yoki yiğimlarni tölaşdan böyin tovlagani uçun qidiruvda bölgan 1978 yilda tuğilgan X.Yu. ham uşlangan.
Ikkalasi ham Bişkek şahar Içki işlar boş boşqarmasining vaqtinçalik hibsxonasiga joylaştirilgan. Ular keyinroq Özbekistonga ekstraditsiya qilinişi aytilmoqda.












