Qirğiziston taşqi işlar vaziri Jeenbek Kulubayev Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti (KXŞT) boş kotibi Imangali Tasmagambetov bilan uçraşdi. Bu haqda Qirğiziston Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilişiça, tomonlar KXŞT doirasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlaş yuzasidan fikr almaşgan.
Tasmagambetov suhbatdoşiga 2023 yilning törtinçi çoragida Minsk şahrida ötkazilişi rejalaştirilgan Kollektiv xavfsizlik kengaşi sessiyasi hamda Taşqi işlar vazirlari kengaşi, KXŞT Mudofaa vazirlari kengaşi hamda Xavfsizlik kengaşlari kotiblari qömitasining qöşma majlisiga tayyorgarlik haqida ma’lumot bergan.
Öz navbatida, Qirğiziston Taşqi işlar vazirligi rahbari Qirğizistonning KXŞT doirasidagi samarali özaro hamkorlikdan manfaatdor ekanligini bildirdi.












