Fransiya hukumati Niger harbiylari bilan öz qöşinlarining bir qismini mamlakatdan olib çiqib ketiş böyiça muzokaralarni boşladi. Bu haqda Le Monde öz manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Gazeta suhbatdoşlariga köra, gap Fransiya harbiy kontingentining bir qismini mamlakatdan olib çiqib ketiş haqida ketmoqda, ularning umumiy soni Nigerda 1500 nafarni taşkil etadi. 

Bundan taşqari, manbalar Fransiya va Niger terrorizmga qarşi kuraş böyiça hamkorlikni töxtatganini ma’lum qildi. 

Biroq gazeta fransuz qöşinlarini Nigerdan olib çiqiş aynan qaçon boşlanişi va birinçi bosqiçda qança askar mamlakatni tark etişiga aniqlik kiritmadi.