Yangi öquv yili boşlandi. Ota-onalar farzandini maktabga yuboriş uçun kanselyariya tovarlari, ryukzak, maktab va sport formasi, poyabzal sotib oldi. Xöş, ota-onalar farzandini maktabga yuboriş uçun qança mablağ sarflamoqda, qöşni davlatlarda vaziyat qanday? Qirğizistonning Kaktus.media naşri bir qança mamlakatlarda bolani maktabga yuboriş xarajatlarini hisoblab çiqdi. 

Qirğiziston (1 mln söm - 4,4 mln söm) 

Qirğizistonda bolani maktabga yuboriş kamida 7 ming qirğiz sömiga (1 mln söm) tuşadi. Va bu eng arzon va sifati past tovarlar uçun. Ota-onalar sözlariga köra, ba’zida xarajatlar 30 ming qirğiz sömigaça (4,4 mln söm) yetişi mumkin. Köpçilikning ta’kidlaşiça, narxlar ötgan yilga nisbatan oşgan. 

Qozoğiston (1,1 mln söm – 2,8 mln söm) 

Agar ryukzak, kanselyariya tovarlarining minimal töplami, maktab va sport formasi, bir juft poyabzal va bir juft krossovka xarid qilsangiz, umumiy summa 40 ming tenge (taxminan 1,1 mln söm) böladi. 

Ota-onalar sözlariga köra, odatda bolaga taxminan 100 ming tenge (2,8 mln söm) sarflanadi, çunki kerakli tovarlarni har doim eng arzon narxda topiş ilojsiz. Bundan taşqari, sovuq ob-havo tuşgunga qadar ba’zi narsalarni köproq olib qöygan afzalroq. 

Birinçi sinf öquvçisining xarajatlari köproq bölişi tabiiy, çunki deyarli hamma narsani sotib oliş kerak. Qozoğiston poytaxti aholisi fikriga köra, bozordagi narxlar şahar dökonlaridagi narxlardan unçalik past emas. 

Rossiya (3 mln söm – 3,6 mln söm) 

«Rosstat» ma’lumotlariga köra, 2022 yilda öğil bolani birinçi sinfga yuboriş uçun 22,3 ming rubl (3 mln söm), qiz bola uçun 26,8 ming rubl (3,6 mln söm) sarflangan. Rossiya matbuoti 2023 yildagi narxlar şulardan unçalik farq qilmaydi, deb hisoblamoqda. 

Tabiiyki, narxlar tovarlar sifatiga, mintaqaga va sotib olingan joyga qarab özgarib turadi (köpçilik ota-onalar bozorlarda xarid qiliş arzonroq ekanini ta’kidlaydi). 

Özbekiston (900 ming söm – 2,5 mln söm) 

Özbekistonda 2023 yilda bolani maktabga yuboriş uçun kamida 1 mln 472 ming söm sarflaş kerak böladi, deb ma’lumot berdi Sputnik.

Kazinform naşrining Özbekistondagi muxbiriga köra, Toşkent şahrida maktab uçun zarur bölgan kanselyariya buyumlarining töliq töplami (jumladan, ryukzak ham) qiymati - 600 ming sömdan 1 mln sömgaça. Şuningdek, ota-onalar bolaning yoşi va xohişidan kelib çiqib, maktab formasi uçun 300 ming sömdan 1,5 mln sömgaça tölaşi kerak böladi. 

Tojikiston (500 ming söm – 1,5 mln söm) 

Stanradar ma’lumotlariga köra, tojikistonliklar bolani maktabga yuboriş uçun kamida 420 somoniy (500 ming söm) sarflaydi. Ammo aksariyat ota-onalar farzandi uçun kamida 1500 somoniy (1,8 mln söm) sarflaganini aytişgan. 

Sörovlarga köra, turli mamlakatlardagi ota-onalarning aksariyati eng arzon tovarlarni sotib oliş foydasiz ekanini ta’kidlagan. Bu ayniqsa, kiyim-keçak, poyabzal va portfelga taalluqli, çunki bunday narsalar juda tez yaroqsiz holga keladi. Pediatrlarning ta’kidlaşiça, bolalar uçun sifatsiz tovarlarni xarid qiliş yaxşi emas, çunki bunday tejaş soğliq uçun xarajatlarni oşirişi mumkin.