11 may kuni umumta’lim maktablari yuqori sinf öquvçilari uçun dars soatlari taşkil etiladi, deb xabar berdi Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi.
Şu bilan birga, boşlanğiç sinf öquvçilari va davlat maktabgaça ta’lim taşkilotlarida 11 may dam oliş kuni hisoblanadi.
Nodavlat ta’lim muassasalarida dam oliş kunlarini belgilaş mazkur ta’lim muassasalarining öz içki tartib-qoidalariga köra amalga oşiriladi.
Ta’kidlanişiça, «2026 yilda rasmiy sanalarni nişonlaş davrida qöşimça işlanmaydigan kunlarni belgilaş va dam oliş kunlarini köçiriş töğrisida»gi prezident farmoniga köra, 9 may — Xotira va qadrlaş kuni bayrami beş kunlik iş haftasida işlaydigan xodimlar uçun şanba — dam oliş kuniga töğri kelişi munosabati bilan uşbu dam oliş kuni mos ravişda 2026 yil 11 may kuniga köçirilişi belgilangan.












