Prezident Şavkat Mirziyoyev maktab taʼlimida yangi avlod darsliklarini joriy etiş, oliygohlar va korxonalar hamkorligida dual taʼlimni taşkil qiliş, şuningdek, Lyaonin pedagogika universitetining Özbekistondagi filiali faoliyatini yölga qöyiş yuzasidan taqdimotlar bilan tanişdi.
Yangi Özbekiston maktab bitiruvçisi portretida bilim bilan bir qatorda zamonaviy könikmalar, axborot texnologiyalarini puxta egallaş, ijodiy va mustaqil fikrlaş, qaror qabul qiliş qobiliyati muhim örin tutadi. Darsliklar va taʼlim mazmunini yangilaş işlari ana şu maqsadga qaratilgan.
Yangi öquv adabiyotlarini tayyorlaşda xalqaro tajribaga murojaat qilindi. Boşlanğiç sinf darsliklari Finlyandiya taʼlim alyansi sertifikatsiyasidan ötgan, 5-7-sinflarning matematika, fizika, kimyo va biologiya darsliklari Singapur darsliklari asosida işlab çiqildi.
Yangi yondaşuvda öquvçining har bir sinf yakunida nimani bilişi va bajara olişi aniq belgilanadi. Taʼlim standarti, öquv dasturi, darslik va baholaş özaro boğliq holda şakllantirilib, mavzularning yoşga mosligi, izçilligi hamda bilimni amaliyotda qöllaş imkoniyatiga eʼtibor qaratiladi. 2027-yilga qadar jami 1 ming 342 nomdagi darslik va öquv-metodik materialni tayyorlaş rejalaştirilgan.

Darsliklarda tanqidiy fikrlaş, muloqot, hamkorlik va ijodkorlik könikmalarini rivojlantirişga xizmat qiladigan topşiriqlar örin olmoqda. Bola tayyor javobni eslab qoliş bilan çeklanmay, savol berişi, maʼlumotni tahlil qilişi, öz fikrini asoslaşi va birgalikda yeçim topişi közda tutilgan.
Öquv materiallarida kasbga yönaltiriş ham alohida örin egallaydi. Ayni yönalişda 255 ta dars işlab çiqilgan bölib, ular bolalarga öz qiziqişlarini anglaş va kelgusida kasbni ongli tanlaşga yordam berişga qaratilgan. Darsliklardagi qahramonlar orqali döstlik, masʼuliyat, jasorat va hurmat kabi qadriyatlar ham bolalarga yaqin misollarda oçib beriladi.
Ekologik savodxonlikka oid 300 dan ortiq mavzu suvni tejaş, tabiatni asraş va tabiiy boyliklardan oqilona foydalaniş könikmalarini şakllantirişga xizmat qiladi. Moliyaviy savodxonlik böyiça pulni hisoblaş, tejaş, jamğariş hamda xaridni rejalaştiriş, raqamli savodxonlik böyiça esa internetdan foydali va xavfsiz foydalaniş masalalari qamrab olingan.
Taqdimotda yangi darsliklarning samarasi öqituvçining ular bilan işlaşga tayyorligiga bevosita boğliq ekaniga alohida eʼtibor qaratildi. Şuning uçun özgarişlar maktabgaça taʼlimdan boşlab pedagoglarni tayyorlaş, ularning malakasini oşiriş va öquvçilar bilimini baholaşgaça bölgan jarayonni qamrab olmoqda.












