AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken 6 sentabr, çorşanba kuni rasmiy, ammo e’lon qilinmagan taşrif bilan Kiyevga keldi. Uning kelişi Vaşington Ukraina Qurolli kuçlarining uç oydan beri davom etayotgan qarşi hujumini qöllab-quvvatlayotganidan dalolatdir. «Biz Ukrainada öziga kerak bölgan hamma narsa borligiga işonç hosil qilişni istaymiz – nafaqat qarşi hujumda muvaffaqiyat qozoniş, balki uzoq muddatda ham töxtatuvçi kuçga ega bölişiga işonç hosil qiliş uçun», — dedi AQŞ Davlat departamenti rahbari Ukraina taşqi işlar vaziri Dmitriy Kuleba bilan Kiyevdagi uçraşuvda.
Blinkenning sözlariga köra, Vaşington «kuçli iqtisodiyot, kuçli demokratiyani barpo etayotgan va tiklayotgan hamkorlar» bilan aloqani davom ettirişga qat’iy qaror qilgan. Kiyevga kelgaç, Entoni Blinken Dmitriy Kuleba bilan birga Berkovets qabristoniga taşrif buyurdi va u yerda halok bölgan ukrainaliklar xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Ukrainalik jurnalist Ilya Ponomarenko Davlat departamenti rahbariga Ukraina hududlarini minalardan tozalaşda iştirok etgan dunyoga maşhur Patron iti körsatilgan videoni e’lon qildi.
Blinken Kiyevga 1 milliard dollarlik yordam paketi taqdim etilişini ma’lum qildi
Ukrainada Blinken AQŞning mamlakatga qiymati 1 milliard dollardan ortiq bölgan yangi yordam paketi taqdim etilişini e’lon qildi, deb yozadi Reuters AQŞ taşqi siyosatidagi yuqori lavozimli amaldorga tayanib.
Entoni Blinken «Kiyevda kunni Berkovets qabristonida halok bölgan qahramonlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirişdan boşlagan boşqa davlatning birinçi taşqi işlar vaziri böldi», deb yozdi Dmitriy Kuleba ijtimoiy tarmoqlarda. «Bu bizning erkinligimiz va yaşaş huquqimiz uçun jonini fido qilgan barça ukrainalik askarlarga hurmat belgisidir», — deya qöşimça qildi u.
Blinken Ukrainada ikki kun böladi
AQŞ davlat kotibi Ukraina hujumi boşlangan iyun oyidan beri Kiyevga taşrif buyurgan birinçi yuqori martabali Oq uy mulozimidir. Blinken keça ertalab Kiyevga poyezdda yetib keldi. Bu uning Ukrainaga töliq miqyosli Rossiya harbiy harakatlari boşlanganidan beri törtinçi taşrifidir. U mamlakatda ikki kun qoladi va Volodimir Zelenskiy bilan ham uçraşadi. Şuningdek, Kiyevdagi muzokaralarda Ukraina Qurolli kuçlarining davom etayotgan qarşi hujumi, Ukraina armiyasi ehtiyojlari va qiş mavsumi oldidan energetika infratuzilmasini mustahkamlaş masalalari muhokama qilinadi. «Biz uçun asosiysi - ukrainaliklarning özidan haqiqiy vaziyat böyiça ma’lumot oliş», dedi Reuters agentligiga manba.
Ommaviy axborot vositalarida Entoni Blinkenning Ukrainaga taşrifi ehtimoli haqida bir kun avval norasmiy ma’lumotlar tarqalgandi, biroq AQŞ Davlat departamenti bu ma’lumotga izoh berişdan boş tortdi. 6 sentabrga ötar keçasi Ukraina şaharlari, jumladan, Ukraina poytaxti raketa va dronlardan foydalangan holda ommaviy öqqa tutildi. Havo hujumi haqida trevoga signali Blinken kelişidan bir neça soat oldin öçirilgan.












