Ukrainada uruşning 560-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiya qöşini Donetsk oblastining Konstantinovka şahrini öqqa tutdi. 16 kişi halok bölib, 33 kişi jarohat olgan.
  • AQŞ Ukrainaga Abrams tanklari uçun  kuçsizlantirilgan uranli snaryadlar yetkazib berişini ma’lum qildi.
  • RF mudofaa vazirligi mahkumlarni «alohida harbiy hisob»ga qöyişni — ya’ni Harbiy röyxatga oliş töğrisidagi Nizomdan ozodlikni mahrum etiş jazosini ötayotgan fuqarolarni harbiy röyxatga olişdan ozod qiluvçi kiçik bandni çiqarib taşlaşni taklif etdi. «Alohida harbiy röyxat» axloq tuzatiş muassasalarida yuritiladi.
  • Oliy Rada Rustem Umerovni Ukrainaning yangi mudofaa vaziri etib tayinladi. Umerov bu lavozimda 2021 yil noyabridan buyon işlab kelgan Oleksiy Reznikov örnini egalladi.
  • AQŞ Davlat departamenti rahbari Entoni Blinken Kiyevga keldi. Taşrif yakunida u AQŞ sanksiyaga tuşgan rossiyalik biznesmenlarning aktivlarini Ukrainaga berişini ma’lum qildi. Bundan taşqari, AQŞ Ukrainaga milliard dollarlik yordam paketi ajratadi.
  • Zaporijjya oblastining okkupatsiya ma’muriyati rahbari Balitskiy RF qöşinlari Rabotinedan «taktik çekingani»ni ma’lum qildi.

Kun voqeasi. Konstantinovkaga zarba

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 6 sentabr kuni Donetsk oblastining Konstantinovka şahriga raketa zarbasi berilganini xabar qildi. Sönggi ma’lumotlarga köra, 16 kişi halok bölib, 33 kişi yaralangan. Zelenskiy zarba kelib tuşgan joyda harbiy qism bölmaganini urğulagan: «Ular qasddan bozorni nişonga olib zarba berişdi. Şunçaki bozor, dökonlar, dorixonalar böylab zarba yöllaşdi. Men öz jamoam bilan köp bor Konstantinovkada bölganman, kim u yerni yaxşi bilsa, tuşunadiki, u yer şunçaki tinç fuqarolar joyi edi. Uning yaqinida heç qanday harbiy qism bölmagan», — dedi Zelenskiy.

Ukraina boş vaziri Denis Şmigal qurbonlar orasida yoş bola ham borligini xabar qildi. 20 dökon, elektr uzatiş liniyasi, ma’muriy bino va turar joy binosining beşinçi qavati şikastlangan. Bir qança yengil avtomobillar hamda sakkizta savdo obekti töliq yonib ketgan. Prokuratura uruş qonunlari va urf-odatlarini buziş töğrisidagi modda böyiça tergov harakatlari boşlangan. Rossiya zarba yuzasidan heç qanday izoh bermadi.

Aviazarba çoğida yerga yotib olgan konstantinovkaliklar
Alex Babenko / EPA / Scanpix / LETA
Otişmadan keyin yonğin çiqqan bozor hududidagi jasadlar
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiy xizmatçi paramediklarni çaqirmoqda. Uning ortida jasadlar
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Yaradorlarga birinçi yordamni körsatayotgan şifokorlar
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Halok bölgan ayolning yurak urişini tekşirib körayotgan erkak
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Konstantinovka bozori hududida qon izlari
Alex Babenko / EPA / Scanpix / LETA
Otişma vaqtida halok bölgan kişi jasadini olib ketayotgan şifokorlar
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Konstantinovkada reklama plakati oldida yotgan ayol jasadi
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Blinken Kiyevdagi «Makdonalds»da

AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken 6 sentabr tongida Kiyevga taşrif buyurdi. U Amerika elçixonasiga kirib çiqqanidan söng Ukraina TIV rahbari Dmitro Kuleba bilan Berkovetske qabristoniga borib, Rossiya bosqinini qaytarişda halok bölgan ukrain jangçilarining qabrlarini ziyorat qildi. Bundan taşqari, ular birgalikda «Makdonalds»da ovqatlanişdi. Bu AQŞ davlat kotibining keng kölamli uruş boşlanganidan buyon Kiyevga uçinçi bor rasmiy taşrif bilan kelişi böldi.

Kiyevga taşrif yakunida Blinken AQŞ birinçi marta sanksiyaga tuşgan rossiyalik biznesmenlarning musodara qilingan aktivlarini Ukrainaga topşirişi haqida e’lon qildi. Xususan, Konstantin Malofeyevning beş million dollari uruş faxriylari reabilitatsiyasi uçun yönaltiriladi. Şuningdek, u AQŞ Ukrainaga yana 1 milliard dollar miqdoridagi harbiy yordam paketi yuborişini va’da qildi.

Ukraina taşqi işlar vaziri Dmitro Kuleba va AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken Kiyevdagi Makdonalds oşxonasida
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA

Rossiyaliklarning şinalar bilan himoyalangan bombardimonçisi 

Maxar sun’iy yöldoşi tasviri. Unda Rossiyaning Saratov yaqinidagi Engels aviabazasida turgan Tu-95 strategik bombardimonçisining qanotlari şinalar bilan qoplanganini köriş mumkin. Rossiyalik harbiylar şu yöl bilan harbiy samolyotlarni ukrain dronlaridan taşlanadigan öq-dorilardan himoyalaşga harakat qilmoqda. 30 avgustga ötar keçasi dronlarning Pskovdagi Kresti aviabazasiga hujumi oqibatida Il-76 rusumli törtta harbiy-transport samolyoti şikastlangan va yöq qilingandi. 
Maxar Technologies / AP / Scanpix / LETA

Ukraina frontining turli çekkalaridan suratlar

Rostov-na-Donga dronlar hujumi oqibatlari

Mahalliy rasmiylar va RF mudofaa vazirligi 7 sentabrga ötar keçasi şaharda ukrainlarning ikki droni urib tuşirilgani haqida xabar berdi. Region gubernatori Vasiliy Golubevga köra, dronlardan biri Rostov-na-Donning ğarbiy qismiga, ikkinçisi esa — şahar markaziga qulagan. OAV xabar berişiça, dronlardan biri Janubiy harbiy okrug ştabi yaqinida portlagan.

Hujum natijasida uçta bino fasadi şikastlangan va deraza oynalari sinib ketgan. Şuningdek, atrofda turgan bir neça yengil avtomobillar şikastlangan. Bir kişi oyoğidan jarohatlangan holda şifoxonaga yotqizilgan. Dron qulagan joyda favqulodda holat rejimi joriy etilgan.

Sergey Pivovarov / Reuters / Scanpix / LETA
EPA / Scanpix / LETA
AFP / Scanpix / LETA