Prezidentning «Töqimaçilik sanoatini moliyaviy qöllab-quvvatlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi farmoni qabul qilindi.

Gazlama, trikotaj mato va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini eksport qiluvçi korxonalarni aylanma mablağlar bilan ta’minlaş uçun Eksportni qöllab-quvvatlaş jamğarmasiga qöşimça 50 mln AQŞ dollari ajratiladi. Mablağlar Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi tomonidan revolver kreditlaş asosida 2026 yil 1 yanvarga qadar qaytariş şarti bilan yillik 4 foiz stavkada taqdim etiladi. 

Çora töqimaçilik sanoati korxonalaridagi mavjud imkoniyatlarni töliq safarbar etiş va ularning eksport salohiyatini yanada oşirişga qaratilgan.

Prezidentning 2023 yil 10 yanvardagi «Paxta-töqimaçilik klasterlari faoliyatini qöllab-quvvatlaş, töqimaçilik va tikuv-trikotaj sanoatini tubdan isloh qiliş hamda sohaning eksport salohiyatini yanada oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoniga tegişli özgartirişlar kiritiladi.