Yaponiya aerokosmik tadqiqotlar agentligi (JAXA) tomonidan işlab çiqilgan birinçi SLIM Oyga qöniş apparati koinotga uçirildi. Raketa-taşuvçi Kagosima prefekturasi janubidagi Tanegasima kosmik markazidan 7 sentabr, payşanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 08:42 da (Toşkent vaqti bilan 04:42) uçdi. Uçiriş ob-havo şaroiti tufayli bir neça bor qoldirilgandi.
Modulning Yer sun’iy yöldoşi yuzasiga qönişi uçirilgan paytdan boşlab 4-6 oy içida kutilmoqda. Missiya doirasida zond kaft ölçamidagi vezdexod (har qanday yölda yoki yölsiz joylarda ham yura oladigan texnika) va multispektral kamera yordamida hozirgaça kam örganilgan Oy mantiyasining tarkibini tahlil qiladi.
Qurilmani işlab çiqişda qöllanadigan texnologiyalar ma’lum bir joyga 100 metrdan ortiq bölmagan xato bilan qöniş imkonini beradi. AFP agentligining qayd etişiça, Oyga avvalgi qönişlarda bu körsatkiç bir neça kilometrga yetgan. «Insoniyat nafaqat oson bölgan joyga, balki endi özi xohlagan joyga qöna oladi», deya ma’lum qildi JAXA parvozdan oldin.
Hindiston apparatining Oyga muvaffaqiyatli qönişi
Ikki hafta oldin Hindiston kosmik kemasi «Çandrayan-3» missiyasi doirasida Oy yuzasiga muvaffaqiyatli qöndi. Hindiston Yer sun’iy yöldoşi yuzasiga kosmik kemani qöndirgan törtinçi davlatga aylandi. Ilgari Sovet Ittifoqi, AQŞ va Xitoy bunga erişgan. Ayni vaqtda Rossiyaning «Luna-25» stansiyasi avgust oyi oxirida Oyga qönmoqçi bölgan vaqtda halokatga uçragan edi.












