«Putin Prigojinni öldirdi, har holda bizda şunday ma’lumot bor. Biz Prigojinning ölimini bir terrorçi kamaydi deb qabul qildik», dedi Zelenskiy.

Ukraina prezidentining aytişiça, Prigojinning ölimi mamlakat uçun yaxşi xabar bölgan: «Ruslarning ruhiyati tuşib ketdi, axir ular mana şu vagnerçilar ortiga berkingandi-da. Ular vagnerçilar, yollanma jangçilar hayoti evaziga tuzilgan himoyadan ayrilişdi. Bu qaysidir ma’noda biz uçun plyus», dedi Volodimir Zelenskiy.

Ukraina yetakçisi aynan qaysi ma’lumotga tayanib Prigojinning ölimida Putinning qöli borligini haqida aytganini izohlamagan. 25 avgust kuni Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov BBC'ning söroviga javoban Yevgeniy Prigojinning ölimida Kremlning aloqasi borligi haqida xabarlarni yolğon deb atagandi.

Ma’lumot uçun, «Vagner» asosçisi Yevgeniy Prigojin 23 avgust kuni Tver osmonida sodir bölgan aviahalokat natijasida halok bölgandi.