Özbekiston va AQŞ örtasida soğliqni saqlaş sohasidagi ikkita muhim hujjat imzolandi. Bu - Toşkentda ötgan birinçi Özbekiston-AQŞ soğliqni saqlaş haftaligi doirasida röy berdi.

Soğliqni saqlaş vaziri Amrullo Inoyatov va AQŞ elçisi Jonatan Xenik imzolagan kelişuvga köra, Özbekiston AQŞ Global soğliqni saqlaş xavfsizligi dasturining 50 ta hamkor-mamlakatidan biriga aylanadi.

Uşbu dastur böşliqlarni töldiriş va soğliq xavfsizligi tahdidlarining oldini oliş, aniqlaş va ularga javob beriş uçun mamlakatlarning soğliqni saqlaş xavfsizligi imkoniyatlarini kuçaytirişga qaratilgan.

Soğliqni saqlaş vaziri Amrullo Inoyatov va USAID’ning Özbekistondagi missiyasi direktori Devid Xoffman Özbekistonda silga qarşi xavfsiz va sifatli va boşqa dori vositalaridan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş maqsadida USAID va Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi örtasida özaro anglaşuv memorandumini imzoladi.

Hujjat odamlar işonç bilan foydalanişi mumkin bölgan va Özbekistonning özida tobora köproq işlab çiqariladigan xavfsiz va sifatli dori vositalaridan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiradi, dedi USAID missiyasi rahbari.