2023 yilning yanvar-iyul oylarida 2,5 million nafar Özbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda xorijga safar qildi.
Statistika agentligi tomonidan ma’lum qilinişiça, özbekistonliklar yanvar-iyul oylarida eng köp safar qilgan davlatlar orasida Qirğiziston birinçi örinni egallab turibdi – 1 mln.
Keyingi örinlardan mos ravişda 625,5 ming nafar va 421,4 ming nafar özbekistonlik safarni amalga oşirgan Tojikiston hamda Qozoğiston joy oldi.
Uşbu körsatkiç qolgan davlatlar kesimida quyidagiça köriniş oldi:
Rossiya – 122,1 ming nafar;
Turkiya – 102,7 ming nafar;
BAA – 70,8 ming nafar;
Saudiya Arabistoni – 35,2 ming nafar;
Kuvayt – 21,2 ming nafar;
Misr – 15,1 ming nafar;
Ozarboyjon – 10,5 ming nafar;
Janubiy Koreya – 8,4 ming nafar;
Hindiston – 5,9 ming nafar;
AQŞ – 5,8 ming nafar.











