Farğona viloyati Quva tumanida joylaşgan Karkidon suv ombori har doimgidek odamlar bilan gavjum. Bugun ham ovçilar öz yaqinlari bilan baliq ovlagani kelişgan. Havo harorati pasayişiga qaramay, baliqlar qarmoqlarga ilinib turibdi. Baliq ovlaşning gaşti haqida mohir ovçilar bilan suhbatlaşdik.
Mohir ovçilardan biri bölgan Qoyil aka Abdurahmonov Karkidon suv omboridan 17 kglik laqqa baliq tutgan ekan. U dehqonçiligidan ortib haftada ikki marta baliq oviga keladi.
«Baliqlar ayyor bölib ketgan»
«Rahmatli otam ovçi bölgan. 7-8 yoşimda otamga ergaşib ovga ketardim. Neça yildirki, baliq ovlaş hobbimga aylandi. Buni qarangki, endi ovlarga nabiralarimni olib kelyapman.

Pensiyaga çiqqanman, haftada ikki marta baliq ovga çiqmasam «mazam qoçadi». Uyda dehqonçiliklarimiz bor, uni ham qiliş kerak. Dehqonçilikdan ortib ovga kelib dam olib, maza qilib ketamiz-da... Bugun suvga 6 ta qarmoq taşladim.
Baliq izlab köp manzillarga boramiz. Yaqinda Arnasoy, Çustga, Çortoq suv omboriga bordim. Faoliyatim davomida mana şu Karkidon suv omborida 17 kilolik laqqa baliq ovlaganman. Öşanda Ramazon oyi edi, oğizoçarga endi ötirgan edik, şom mahalda... Birdan tiq-tiq tortib qoldi, döstim Rustam xamrohim edi, qayiqda içkariga kirib ketdik. Baliq katta bölgani uçun u bilan 1,5 soat olişdik. 1,5 soatlik olişuv baliqni rosmana holdan toydirdi. Keyin aldab-aldab amallab uşlab oldik. Öşa voqeadan keyin ham 16 kglik sazan, 14 kglik «Belyy amur» uşladim.

Baliqlar yo aqlli, yo ayyor bölib ketdimi... Hozir negadir katta baliqlar çiqmay qöydi. Yemlar öşa-öşa, öşa qarmoqlar, mana, eski Ittifoq mahalidagi qarmoqlar.
Buni ov deb qöyibdi. Soat 13:00 bölyapti, ertalabdan beri hali bitta ham baliq uşlaganimiz yöq lekin. Omadimiz kelib qolsa, 30 kg ham uşlab qöyamiz, 20 kg ham uşlayveramiz, uyga quruq ketgan kunlarimiz ham böladi. Baliq ilinişi havoga ham boğliq böladi, şamol bölib qolişi mumkin, baliq bosimga qaraydi-da», deydi mohir ovçilardan biri Qoyil aka Abdurahmonov.












