40 yoşli Mark Dikki Turkiya janubidagi Morka ğorini örganayotgan va yangi xaritasini tuzayotgan edi. 2 sentabr kuni u bir kilometrdan köproq çuqurlikda kasal bölib qoldi: uning oşqozonidan qon keta boşladi. Speleolog bu haqda yer yuzasidagi hamkasblariga xabar berişga muvaffaq böldi. 

Qutqaruv operatsiyasi şu kuni boşlandi va unga Turkiya, Xorvatiya, Italiya va boşqa mamlakatlardan 150 dan ortiq qutqaruvçilar jalb qilindi. Ğorning ba’zi joylari ötiş uçun juda torligi sababli, qutqaruv operatsiyasi murakkab tus oldi. Şunday bölsa-da, dastlab Dikkiga dori-darmonlar va oziq-ovqat yetkazildi. 

Qutqaruvçilar ğor böylab turli darajadagi kiçik tibbiy baza lagerlarini qurdilar, şunda tadqiqotçini olib çiqiş jarayonida dam oliş imkoniyati yaratildi. 

10 sentabr kuni Dikki zambilda 700 metr çuqurlikka, ertasi kuni esa 180 metrga kötarildi.  

Qutqaruv operatsiyasi davomida tadqiqotçiga tibbiy yordam körsatilib, qon quyildi. Nihoyat 12 sentabr kuni amerikalik yer yuzasiga olib çiqildi. 

Mark Dikki qutqarilganidan keyin tölqinlanib ketdi. 

«Men özimga «Yaşay olamanmi?» degan savolni berardim. Bu meni aqldan ozdirdi. Men vaziyat unçalik jiddiy emas, ölmasam kerak, deb öyladim. Şundan keyin juda köp qon qusdim... Endi omon qolmasam kerak degan fikrlar xayolimga keldi», dedi Dikki.