FIFAning yil öyinçisi sovrini uçun 12 nafar futbolçi da’vogarlik qilmoqda.
Röyxatdan Kevin de Bryuyne («Mançester Siti»), Bernardu Silva («Mançester Siti»), Xviça Kvaratsxeliya («Napoli»), Erling Holand («Mançester Siti»), Xulian Alvares («Mançester Siti»), Ilkay Gundöğan («Barselona»), Rodri («Mançester Siti»), Lionel Messi («Inter Mayami»), Viktor Osimhen («Napoli»), Kilian Mbappe («PSJ»), Deklan Rays («Vest Hem»/»Arsenal»), Marselo Brozoviç («Inter», «An-Nasr») singari öyinçilar joy olgan.

Qayd etiş joiz, nomzodlar röyxatini şakllantirişda futbolçilarning 2022 yil 19 dekabr kunidan 2023 yilning 20 avgust kuniga qadar natijalari inobatga olingan. Ya’ni, ğolibni aniqlaşda JÇ-2022dagi natijalar hisobga olinmaydi. Ma’lumot uçun, The Best sovrinining amaldagi sohibi Lionel Messi sanaladi.
FIFA yilning eng yaxşi darvozaboniga topşiriladigan The Best sovrini uçun esa yakuniy beşlikdan Yassin Bunu (Marokaş, «Sevilya» / «Al-Hilol»), Tibo Kurtua (Belgiya, «Real»), Ederson (Braziliya, «Mançester Siti»), Andre Onana (Kamerun, «Inter» / «Mançester Yunayted») va Mark-Andre ter Stegen (Germaniya, «Barselona») singari golkiperlar örin oldi.

FIFA yilning eng yaxşi murabbiyiga atalgan The Best sovrini uçun ham nomzodlarni ma’lum qildi.

2023 yilda sovrin uçun Pep Gvardiola («Mançester Siti»), Simone Indzagi («Inter»), Endj Postekoglu («Seltik» / «Tottenhem»), Luçano Spalletti («Napoli») va Xavi («Barselona») da’vogarlik qilmoqda.
Ma’lumot uçun, FIFA rasmiy saytida The Best sovrini uçun da’vogarlarga muxlislar bugundan ovoz berişlari mumkin.












