Yevropa Markaziy banki (YeMB) yevrohududda yuqori inflatsiyaga qarşi kuraş çoralari doirasida asosiy foiz stavkalarini yana oşirdi. Bu qaror YeMB boşqaruv kengaşi a’zolarining «qat’iy köpçiligi» tomonidan qabul qilindi, dedi Yevropa moliya instituti rahbari Kristin Lagard 14 sentabr, payşanba kuni Frankfurt-Maynda. Asosiy kredit stavkasi 0,25 foiz punktga kötarilib, 4,5 foizga yetdi, bu ketma-ket öninçi ösişdir.
Şu bilan birga, YeMB depozitlar böyiça foiz stavkasini 3,75 foizdan 4,0 foizga oşirdi, bu Yevropa valuta ittifoqi tarixida 1999 yildan beri eng yuqori körsatkiç böldi. «Inflatsiya darajasi pasayişda davom etmoqda. Ammo u hali ham uzoq vaqt davomida juda yuqori darajada qolişi kutilmoqda», - deyiladi Yevropa Markaziy banki bayonotida.
Hozirça sönggi oşiriş
YeMB, şuningdek, bu, ehtimol, bazaviy stavkalarning oxirgi ösişi ekanligini ta’kidladi. Ular inflatsiya körsatkiçlarini maqsadli qiymatga qaytarişga katta hissa qöşadigan darajaga yetdi, deya tuşuntirildi Frankfurtda. Şu bilan birga, Lagard kerak bölsa, bazaviy stavkalar yanada oşirilişini istisno etmadi.
Oxirgi marta YeMB bazaviy foiz stavkalarini iyul oyi oxirida 0,25 foiz punktiga oşirgan edi. Tijorat banklari YeMBdan qarz oladigan kredit stavkasi 4,25 foizgaça kötarildi, bu - oxirgi marta 2008 yil oktyabr oyida global moliyaviy inqiroz boşlanişida kuzatilgan daraja. Yuqori foiz stavkalari kreditlarni qimmatroq qiladi. Bu talabni sekinlaştirişi va narxlarning ösişini çeklaşi mumkin. Şu bilan birga, qimmat kreditlar iqtisodiy ösişga salbiy ta’sir körsatadi.
Yevrozonadagi inflatsiya - optimal darajadan ikki baravar yuqori
Biznes va makroiqtisodçilar YeMBni evrozonada yuqori inflatsiyaga qarşi kuraş çoralarini töxtatib turişga çaqirmoqda, çunki yuqori foiz stavkalarining ta’siri darhol sezilmaydi.
20 a’zosi bölgan valuta ittifoqida inflatsiya darajasi sönggi oylarda 2022 yildagi rekord darajadan pasaydi. Avgust oyida yevrohududda örtaça inflatsiya darajasi 5,3 foizni taşkil etdi. Bu YeMBning örta muddatli istiqbolda optimal daraja deb hisoblagan 2,0 foizlik körsatkiçidan ikki baravar köproqdir, deya qayd etadi Reuters.












