YeMB 23 iyul kuni öz saytida har bir nominal uçun 10 tadan dizayn variantini jamoatçilikka taqdim qildi. Ular ikki asosiy mavzu - «Yevropa madaniyati» hamda «Quşlar va daryolar» konsepsiyalari asosida işlab çiqilgan.
Fuqarolar 21 sentyabrga qadar onlayn sörovda qatnaşib, taklif etilgan dizaynlar haqida öz fikrini bildirişi mumkin.
Jami 10 ta banknotlar töplami 10 nafar turli rassom tomonidan işlab çiqilgan. Har bir töplam oltita nominaldagi banknotdan iborat. Dizaynlar uslub jihatidan farq qilsa-da, ularda tasvirlangan şaxslar va quşlar bir xil.
Betxoven, da Vinçi va Mariya Kyuri banknotlarda paydo bölişi mumkin
«Yevropa madaniyati» mavzusidagi dizaynlarda qit’a madaniyati, ilm-fani va tarixida muhim örin tutgan maşhur şaxslarning portretlari joylaştirilgan.
Taklifga köra, 5 yevrolik banknotda - kelib çiqişi yunon bölgan maşhur opera xonandasi Mariya Kallas, 10 yevrolikda - nemis bastakori Lyudvig van Betxoven tasvirlanişi mumkin.
20 yevrolik banknot uçun polyak-fransuz olimi Mariya Sklodovskaya-Kyuri, 50 yevro uçun ispan yozuvçisi Migel de Servantes portreti taklif qilingan.
100 yevrolik banknotda italiyalik rassom va olim Leonardo da Vinçi, 200 yevrolik banknotda esa avstriyalik yozuvçi va tinçlik harakati faoli Berta fon Zutner tasvirlangan.
Ikkinçi variantda quşlar tasvirlanadi
«Quşlar va daryolar» deb nomlangan ikkinçi konsepsiya Yevropa tabiati va ekotizimlariga bağişlangan.
Bu seriyada 5 yevrolik banknotda toğlarda yaşaydigan devorparmasi, 10 yevrolikda esa asosan suv havzalari yaqinida yaşaydigan köktorğoq tasvirlangan.
20 yevrolik banknotda tillarang qurquroq, 50 yevrolikda laylak, 100 yevrolikda qiliçtumşuq va 200 yevrolik banknotda yirik dengiz quşi - şimol oluşasi tasvirlanişi taklif qilingan.
Har ikki seriya banknotlarining orqa tomonida Yevropadagi maşhur binolar va muayyan şaxsni ifodalamaydigan odamlar tasvirlari joylaştirilgan.











