Amerika Qöşma Ştatlaridagi uçta avtomobil zavodida 15 sentabr, juma kuni yarim tunda United Auto Workers (UAW) avtomobil işçilari kasaba uyuşmasi tomonidan taşkillaştirilgan iş taşlaş boşlandi. UAW’ning 150 ming a’zosidan 13 ming nafari uçta konsernning korxonalarida - Missuri va Miçigandagi General Motors hamda Ford, şuningdek, Amerikaning Chrysler va Jeep avtomobil brendlariga egalik qiluvçi Ohayodagi Stellantis korxonalarida işlaşni töxtatdi. 

Kasaba uyuşmasi iş haqini 36 foizga oşirişni talab qilmoqda 

Kasaba uyuşmasi tört yil davomida iş haqini 36 foizga oşirişni talab qilmoqda. Dastlab, UAW iş haqini 40 foizga oşirişni talab qildi, çunki bu yirik avtomobil işlab çiqaruvçilarning top-menejyerlari daromadlarining oşişiga teng bölardi. Bundan taşqari, kasaba uyuşmasi 2008 yildagi moliyaviy inqirozdan keyin bekor qilingan ayrim ijtimoiy imtiyozlarni tiklaşni söramoqda. Öz navbatida, iş beruvçilar 4,5 yil davomida iş haqini 20 foizga oşirişni taklif etdi. 

UAW raisi Şon Feyn kasaba uyuşmasi talablarini yuqori inflatsiya va avtomobil işlab çiqaruvçilar foydasi bilan oqladi. Ford boş direktori Jim Farli CNBC telekanaliga bergan intervyusida kompaniya bunday talablarni bajara olmasligini, çunki bu bankrotlikka olib kelişini aytdi. Uyuşma bunga javoban Farliga ötgan yilgi daromadi 21 million dollar bölganini eslatdi. 

Iş taşlaş Baydenning qayta saylanişiga xalaqit berişi mumkin 

Agar avtomobil zavodlarida iş taşlaş uzoq davom etsa, AQŞning umumiy iqtisodiyotiga salbiy ta’sir körsatişi mumkin, bu esa, öz navbatida, 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida iştirok etişni rejalaştirayotgan prezident Jo Bayden uçun salbiy oqibatlarga olib keladi. Iqtisodçilarning hisob-kitoblariga köra, bir oy davom etadigan iş taşlaş mamlakat yalpi içki mahsulotining 0,2 foizga qisqarişiga olib kelişi mumkin. 

Iş taşlaş sabablaridan biri - Baydenning atrof-muhitga oid ulkan rejalari. UAW elektr transport vositalariga ötiş içki yonuv dvigatelli transport vositalarini işlab çiqaradigan zavodlarning keng miqyosda yopilişiga olib kelişi mumkinligidan xavotirda. Payşanba kuni Bayden Feyn va avtomobil işlab çiqaruvçilari rahbarlari bilan «muzokaralar borişi haqida» gaplaşdi. Ötmişda Qöşma Ştatlarda Oq uy aralaşuvi orqali yirik, uzoq davom etgan iş taşlaşlarning oldi olingan.