Rossiyaning Picodi naşri tahlilçilari iPhone 15 Pro smartfoni mintaqaviy narxlarini turli hududlardagi örtaça iş haqi bilan taqqoslab körişdi. Natijada, uşbu mamlakatlar aholisi yangi smartfon uçun qança kun işlaşi kerakligini aniqlaşdi.
Avvalroq, iPhone 15 Pro narxi 999 dollardan boşlanişi e’lon qilingandi.
Tadqiqotga köra, Apple kompaniyasining yangi smartfonini sotib oliş uçun turkiyaliklar 124 kun işlaşi lozim böladi. Filippin aholisi bunga 80 kunlik, braziliyaliklar esa 67 kunlik maoşini sarflaşiga töğri keladi. Rossiyada bu körsatkiç 47 kunga yaqin. Xitoy aholisi 24 kun mehnat qilişi lozim.

Rivojlangan mamlakatlarda bu körsatkiç yanada kiçikroq: yangi iPhone 15 Pro sotib oliş uçun yaponiyaliklar 13 kun, germaniyaliklar 10 kun, singapurliklar va avstraliyaliklar 7 kun sarflaydi.
AQŞ aholisi Apple kompaniyasining yangi smartfonini sotib oliş uçun 6 kun mehnat qiladigan bölsa, Şveytsariya aholisi atigi 5 kun işlaşi kifoya.











