Latviya Seymi 15 sentabr, juma kuni liberal-konservativ «Yangi birlik» partiyasidan boş vazir Evika Silinya boşçiligidagi respublikaning yangi hukumatini tasdiqladi. 48 yoşli huquqşunos boşçiligidagi vazirlar mahkamasini 100 deputatdan 53 nafari qöllab-quvvatlagan, 39 nafar deputat esa qarşi ovoz bergan. Hukumatning yangi koalitsiyasiga «Yangi birlik»dan taşqari «Yaşillar va dehqonlar ittifoqi» hamda söl-markazçi «Progressiv» partiyasi ham kirdi.
Parlamentda sözga çiqqan Evika Silinya, xususan, Latviyaning mudofaa budjetini oşiriş va Ukrainani qöllab-quvvatlaşda davom etişni va’da qildi. «Mudofaa budjetini oşiramiz va qurolli kuçlarimizni kuçaytiramiz. Biz Ukrainani qöllab-quvvatlaymiz», - dedi u.
Ilgari Silinya Latviya farovonlik vaziri lavozimida işlagan. Boş vazir sifatida u avgust oyi örtalarida hukumat tarqab ketganidan keyin iste’foga çiqişini e’lon qilgan partiyadoşi Krişyanis Karinşni almaştiradi. Karinş özining koalitsiyadagi hamkorlari - «Qöşma röyxat» va «Milliy birlaşuv»ni «farovonlik va iqtisodiy ösişni ta’minlaş böyiça işlarga tösqinlik qilişda» aybladi. Yangi hukumatda Karinş taşqi işlar vaziri lavozimini egallaydi.












