Liviyada Örta Yer dengizi şarqidagi Derna şahrida halokatli suv toşqini qurbonlari soni 11 300 dan oşdi, yana ön mingdan ortiq kişi bedarak yöqolgan. Bu haqda Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Humanitar masalalarni muvofiqlaştiriş boşqarmasi (HMMB) 16 sentabr kuni Liviya Qizil Yarim oy jamiyati ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

BMT jadal qutqaruv işlari davom etar ekan, qurbonlar soni yanada ortişidan xavotirda. 

Ötgan hafta «Daniel» töfoni Liviyaning şarqiy qismida halokatli vayronagarçiliklarga sabab böldi. 100 ming aholiga ega Derna şahriga ayniqsa oğir zarar yetdi, u yerda ikkita daryo töğoni buzildi. Derna taşqarisida BMT xodimlari yana 170 ta jasadni topdi. 

Suv odamlarni dengizga oqizib ketgan

Avvalroq Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) tabiiy ofat zonasida halok bölganlarning 3958 jasadi topilgani va şaxsi aniqlangani, yana töqqiz mingga yaqin kişi bedarak yöqolganlar röyxatiga kiritilgani haqida xabar bergan edi. Mintaqa soğliqni saqlaş idoralari 16 sentabr kuni keçqurun 3252 kişi vafot etgani haqida ma’lumot tarqatdi. 

Suv toşqinlari köplab odamlarni Örta Yer dengiziga oqizib ketgan. Liviya qutqaruv guruhlaridan birining aytişiça, Dernadan 20 kilometr şarqda, dengizda 600 ga yaqin jasad topilgan. 

HMMB xabarida ta’kidlanişiça, Dernadagi humanitar vaziyat «ayniqsa oğir»ligiça qolmoqda. Şaharda içimlik suvi bilan jiddiy muammolar bor, kamida 55 nafar bola iflos suvdan zaharlanib vafot etgan. Yana bir tahdid - Derna atrofidagi hududda piyodalarga qarşi minalar, ular suv oqimlari oqibatida tuproqdan yuvilib, atrofga tarqalib ketgan.