«Paxtakor» BAA vitse-çempioniga qarşi
Osiyo Çempionlar ligasiga Özbekiston çempioni sifatida iştirok etayotgan «Paxtakor» birinçi turda «Bunyodkor» stadionida BAAning vitse-çempioni «Al-Ayn»ni qabul qiladi.
OÇL tarixida «şerlar» uşbu jamoaga qarşi 4 marta töqnaş kelgan. 2010 yil Al-Aynda 1:0, Toşkentda 3:2 hisobida ğalabaga erişilgan. 2015 yil esa Toşkentda raqib 1:0 hisobida zafar quçgan bölsa, mehmonda 1:1 natijasi qayd etilgan. Özbek klublaridan faqat «Paxtakor» «Al-Ayn»ni mağlub etişning uddasidan çiqqan.

«Al-Ayn» OÇL uçun jami 13 nafar legionerni röyxatdan ötkazgan. Jamoani niderlandiyalik mutaxassis Alfred Şryoder boşqarmoqda. U sönggi yillarda «Barselona»da Ronald Kumanga yordam bergandi.
BAA klubi hozirda mamlakat çempionatida 2-turdan keyin 6 oçko bilan 2-örinda bormoqda. Poytaxt jamoasi esa Superligada 1-örinni egallab turibdi.
Kim qanday holatda?
«Paxtakor» sönggi rasmiy öyinida 29 avgust kuni Superliga doirasida safarda «Qizilqum»ni mağlub etgan – 3:2. «Al-Ayn» esa BAA Liga kubogi doirasida 14 sentabr kuni «Al-Bate»ni mağlub etdi – 2:1.
Fakt
«Al-Ayn» Birlaşgan Arab Amirliklarining Osiyo Çempionlar ligasida ğolib bölgan yagona jamoasi sanaladi. Klub uç marta (2003, 2005, 2016) finalga çiqib, faqat bir marta – 2003 yilda Osiyoda tengsiz bölgan.

Transfer bahosi: «Al-Ayn» «Paxtakor»dan 3 baravar qimmat
Transfermarkt portalida Toşkent klubining umumiy tarkibi 11,2 million yevro narx bilan OÇL-2023/24 yilgi mavsum jamoalari orasida 18-örinda qayd etilgan. Amirlik jamoasi tarkibining umumiy bahosi esa 33,6 million yevro narxni taşkil etib, Al-Ayn şahri klubi turnirning iştirokçi 40 jamoasi orasida 7-örindan joy olgan.
«Al-Ayn»ning eng qimmatbaho 3 futbolçisi:
1. Kojo Laba, hujumçi (Togo) – 6 mln yevro
2. Sofian Rahimi, yarimhimoyaçi (Marokaş) – 5,5 mln yevro
3. Alexandro Romero, yarimhimoyaçi (Argentina) – 5 mln yevro
«Paxtakor»ning eng qimmatbaho 3 futbolçisi:
1. Odil Hamrobekov, yarimhimoyaçi – 1 mln yevro
2. Sardor Sobirxöjayev, yarimhimoyaçi – 900 ming yevro
3. Dostonbek Hamdamov, yarimhimoyaçi – 900 ming yevro
Toşkent jamoasining öyin uçun tarkibi

«Paxtakor» ğalaba yoki durangga erişsa qança mukofot puli oladi?
Osiyo Çempionlar ligasi 2023/24 yilgi mavsum guruh bosqiçidagi har bir öyindagi ğalaba va safar xarajatlari uçun OFK tomonidan mablağ ajratilgan. Jumladan, Toşkent klubiga ğalaba uçun OFK tomonidan 50 ming AQŞ dollari, durang uçun 10 ming AQŞ dollari mukofot tariqasida tölanadi.

«A» guruhi. 1-tur.
19 sentabr (seşanba)
«Paxtakor» - «Al-Ayn» (BAA)
Stadion: «Bunyodkor» stadioni
Öyin boşlaniş vaqti: 19:00
TV-translatsiya: «Sport TV».












