Özgalar parvarişiga muhtoj bölgan yolğiz keksalarning soni 18 ming 417 nafarga yetgan. Bu haqda Ijtimoiy himoya miliiy agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, bugungi kunda pensiya yoşidagi aholi soni 4 mln 82,2 ming kişini taşkil etadi. Şundan 2 mln 587,8 ming nafari ayollar(63,4 foiz), 1 mln 494,4 mln nafari(36,6 foiz) erkaklar.

Özgalar parvarişiga muhtoj bölgan keksalar soni pensiya yoşidagi umumiy keksakar soniga nisbatan olinganda eng yuqori körsatkiç Namangan(1,1 foiz), Andijon(0,7 foiz), Surxondaryo(0,7 foiz) viloyatlari va Qoraqalpoğiston Respublikasida(0,7 foiz) kuzatilgan.
“Tizimdagi eng katta muammolardan biri bu yolğiz keksalar böyiça aniq ma’lumotlarning yöqligi bölib qolmoqda. Turli idoralar tomonidan yuritiladigan ma’lumotlar bazasi örtasida nomutanosibliklar mavjud bölib, bazalarga ma’lumotlar notöğri kiritilişi holatlari ham uçrab turadi”, deyiladi agentlik xabarida.
Avvalroq, joriy yil yakunigaça pensiyalar miqdorini inflatsiya darajasidan kam bölmagan miqdorda, jami 14 foizga oşiriş rejalaştirilgani xabar berilgandi.












