Nyu-Jyersi ştatidan demokrat senator, Taşqi aloqalar qömitasi rahbari Robert Menendes korrupsiyada ayblanmoqda. Bu haqda The New York Times xabar berdi. 

Menendes öz mansab mavqeidan mamlakat içkarisida va xorijdagi qator korrupsion sxemalarda foydalanganlikda ayblangan. Ayblovlardan birida senator AQŞ hukumatining maxfiy ma’lumotlarini Misr rahbariyatiga yetkazgani aytiladi. 

Ayblov xulosasiga köra, senator va uning rafiqasi Nadin Menendes naqd pul, oltin quymalari, ipoteka tölovlari va «haşamatli maşina» körinişida «yuz minglab dollar» miqdorida pora olgan.  

2022 yilda senatorning Nyu-Jyersidagi uyida tintuv ötkazgan tergovçilar 480 ming dollar naqd pul, şuningdek, qiymati 100 ming dollardan ortiq bölgan oltin quymalarni topgan edi. 

Advokat Nadin Menendes öziga qöyilgan ayblovlarni inkor qilmoqda. Robert Menendes vakillari ayblovlarga izoh bermadi. 

CNN telekanalining ta’kidlaşiça, endi senator Taşqi işlar qömitasi rahbari lavozimini tark etişga majbur böladi. 

Robert Menendes birinçi marta korrupsiyada ayblanayotgani yöq. 2015 yilda u öz xizmat mavqeidan foydalanib, dösti, oftalmolog Salomon Melgenga yordam berganlikda ayblangan. Menendes hakamlar hay’ati oldida sudlangan, biroq ular ayblovlarning heç biri böyiça hukm çiqara olmagan. Natijada senator oqlangan. Keyinroq Adliya vazirligi unga qöyilgan qolgan ayblovlarni olib taşlagan edi.

Menendes köp yillar davomida Rossiya rasmiylari harakatlarini qattiq tanqid qilib kelgan va bu borada bir neça bor taqiqlovçi çoralarni taklif qilgan. 2014 yilda Rossiya hukumati Menendesni sanksiyalar röyxatiga qöşgan edi.