Özbekiston “Oçiq gender ma’lumotlari indeksida” 69,7 ball töplagan holda jahondagi eng yaxşi 20 ta mamlakat orasidan joy oldi.

Open Data Watch taşkilotining sönggi hisobotida Özbekiston “Oçiq gender ma’lumotlari indeksida” 69,7 ball töplagan holda jahondagi eng yaxşi 20 ta mamlakat orasidan joy oldi. 

Gender ma’lumotlari indeksi butun dunyo böylab gender ma’lumotlarining mavjudligi va oçiqligini baholaydi.

Indeks 35 ta statistik toifadagi 11 ta körsatkiçning mavjudligiga asoslanadi.

Mamlakatda gender statistikasini yuritiş böyiça Statistika agentligi vakolatli organ bölib, agentlikda gender statistikasini yiğiş, qayta işlaş va tahlil qiliş böyiça alohida bölinma taşkil etilgan.
 
Agentlik tomonidan yuritiladigan gender.stat.uz saytining barça bölimlarida bugungi kunda 180 dan ziyod gender statistikasiga oid körsatkiçlar 3 ta tilda, 5 xil formatda joylaştirib borilmoqda.