Innovatsion rivojlaniş agentligi xabariga köra, 29-sentabr kuni eʼlon qilingan reytingda Özbekiston daromadi örtaçadan past bölgan 36 mamlakat orasida sakkizinçi, Markaziy va Janubiy Osiyodagi 11 mamlakat orasida esa törtinçi örinni qayd etgan.
Mamlakat innovatsiyalarga yönaltiriladigan sarmoya va resurslar subindeksida bir poğona kötarilib, 68-örinni egallagan. Innovatsiyalar natijadorligi subindeksida esa 14 poğona yuqorilab, 78-öringa çiqqan.
Ayrim indikatorlar böyiça Özbekiston eng yuqori natijalarni qayd etgan davlatlar qatoridan joy olgan. Jumladan:
ilm-fan va muhandislik sohasidagi bitiruvçilar böyiça - 2-örin;
tadbirkorlik siyosati va madaniyati böyiça - 3-örin;
startaplar va faoliyatini kengaytirayotgan kompaniyalarni moliyalaştiriş böyiça - 4-örin;
mehnat unumdorligi ösişi böyiça - 7-örin.
Global innovatsiya indeksi Butunjahon intellektual mulk taşkiloti - WIPO tomonidan Portulans instituti va boşqa hamkorlar iştirokida har yili tayyorlanadi. U mamlakatlarning innovatsion rivojlanişini ikkita subindeks va yettita yönalişga birlaştirilgan qariyb 80 ta indikator asosida baholaydi.
Agentlik maʼlumotiga köra, Özbekiston 2015-yilda mazkur reytingda 141 mamlakat orasida 122-örinni, 2025-yilda esa 139 mamlakat orasida 79-örinni egallagan.
Prezidentning 2026-yil 16-fevraldagi PF–21-son farmonida Özbekistonni 2030-yilgaça Global innovatsiya indeksida yetakçi 60 mamlakat qatoriga kiritiş vazifasi belgilangan. 2026-yil uçun maqsadli körsatkiç 77-örin etib belgilangan bölib, eʼlon qilingan natija uşbu maqsadga mos keldi.








