Özbekiston 2026 yilgi iqtisodiy erkinlik indeksidagi örnini 14 poğonaga yaxşiladi va 184 davlat orasida 86-örinni egalladi. 2025 yilga nisbatan mamlakatning iqtisodiy erkinlik darajasi 2,3 punktga oşdi va 60,3 körsatkiçga yetdi (maksimal natija – 100 ball). Reytingda Özbekistonning eng yaqin qöşnilari San-Tome va Prinsipi (85-örin) va Namibiya (87-örin) hisoblanadi.
1998-2026 yillarda Özbekistonga berilgan umumiy ballning özgariş dinamikasi

Körsatkiçlar özgarişi
Iqtisodiy erkinlik indeksida Özbekiston 2025 yilga nisbatan 12 ta indikatorning 8 tasida ijobiy özgarişlarni qayd etgan, 2 ta indikatorda esa salbiy özgarişlar kuzatilgan. Şuningdek, yana 2 ta indikator böyiça narijalar özgarişsiz qolgan.

Qonun ustuvorligi:
- mulkiy huquqi — 43,1 (+9,6);
- davlat yaxlitligi — 32 (+0,8);
- sud-huquq tizimi samaradorligi — 13,7 (-0,8).
Davlat aralaşuvi darajasi:
- soliq yuki — 95 (+2,2);
- davlat xarajatlari — 73,7 (+0,1);
- fiskal salomatlik — 79,9 (+6,6).
Davlat tomonidan tartibga soliş samaradorligi:
- biznes yuritiş erkinligi — 62,5 (-1,9);
- mehnat bozori erkinligi — 48,4 (+0,5);
- pul erkinligi — 65,1 (+0,5).
Bozorning oçiqligi:
- savdo erkinligi — 80,6 (özgarmagan);
- investitsiya erkinligi — 70 (+10);
- moliyaviy erkinlik — 60 (özgarmagan).












