27 yoşli Umida Fozilova, 27 yoşli Bahodir Isroilov, 22 yoşli Bahromjon Isroilov va 23 yoşli Qobil Mahmudov 22 sentabr kuni odam öğirlaşda ayblanib, AQŞ Ohayo ştati, Hamilton okrugi, Blyu-Eş politsiyasi tomonidan hibsga olindi.

Sud hujjatlarida qayd qilinişiça, 21 sentabr kuni ular jabrlanuvçini Internet orqali Extended Stay of America mehmonxonasi avtomobillar töxtaş joyiga çaqirib, mikroavtobusga majburan ötqazib, Şaronvill şahridagi kvartirasiga olib borişgan. Söngra oyoq-qölini boğlab, qarindoşlaridan pul jönatişini söraşga majburlab, döpposlaşgan.

Qarindoşlaridan biri 2000 dollar yuborgaç, uni qöyib yuborişgan. Agar politsiyaga qönğiroq qilsa, hayoti xavf ostida qolişidan ogohlantirişgan.

Politsiya jabrlanuvçining arizasi va «ijtimoiy tarmoqdagi yozişmalar» asosida ayblov e’lon qilgan. Ular nima haqda yozişgani xabarda keltirilmagan.

Sudda ayblanuvçilarga tarjimon yordam bergan va ular özbek tilida gaplaşgani aytilmoqda. Ularning fuqaroligiga aniqlik kiritilmagan.

Advokatlarning ta’kidlaşiça, jabrlanuvçi gumondorlardan qarzdor bölgan va qarzini qaytarmaslik uçun «özini öğirlab ketişgani haqida uydirma töqigan».

Endi ayblanuvçilar 2 oktyabr kuni katta sud mahkamasida oldida söroqqa tutiladi.