Atom energetikasi xalqaro agentligi (AEXA) boş direktori Rafael Grossi sözlariga köra, Ukrainadagi Zaporijjya AES reaktorlarini sovutiş uçun zarur bölgan yer osti suvlarini qazib oliş uçun önta quduqni burğulaş işlari yakunlangan.

Şunday qilib, Rossiya qöşinlari tomonidan işğol qilingan stansiyada, joriy yil iyun oyida Kaxovka GES töğoni vayron bölişidan keyin sovutiş baklarida suv yetişmasligi muammosi vaqtinça hal qilindi.

Endi suv baklari oltita reaktorni sovutiş uçun zarur bölgan 200 kub metrdan ortiq suv va işlatilgan yoqilğini qabul qilişi mumkin.

AEXA ekspertlari, şuningdek, Zaporijjya AES va uning atrofidagi hududni tekşirişni davom ettirmoqda. Ular ta’kidlaganidek, stansiya atrofida oğir qurollar kuzatilmagan. Biroq, AES hududida ilgari topilgan piyodalarga qarşi minalar öz joyida qolmoqda.

AEXA ta’kidlaganidek, xavotirning sabablaridan biri stansiyada malakali kadrlarning sezilarli darajada yetişmasligi bölib qolmoqda, çunki köplab xodimlar qurolli mojaro boşlanişi bilan uni tark etişgan.