Qayd etilişiça, bu 2027 yilgaça amalga oşadi. Prezidentning sözlariga köra, Fransiya elektr energiyasi işlab çiqarişda kömirdan voz keçgan Yevropadagi ilk davlatga aylanadi.
Makronning ta’kidlaşiça, Fransiya tabiatga karbonat angidrid gazi çiqarilişini ikki baravarga qisqartirgan.
Le Parisien’ning yozişiça, kömirdan bosqiçma-bosqiç voz keçiladi. Mamlakatdagi kömirda foydalaniladigan sönggi elektrstansiyalar Cent-Avold va Kordeme şaharlarida joylaşgan. Ular biomassa yordamida yoniş usuliga ötkazilişi ma’lum qilindi.
Ma’lumot uçun, 2023 yil aprel oyida Yevroittifoq kengaşi «Fit for 55 in 2030» iqlim dasturi doirasida qator qonunlarni qabul qildi. Undan 2030 yilgaça issiqxona gazlarining tabiatga çiqarilişini sezilarli kamaytirişni nazarda tutuvçi qonun ham örin olgan.
Yevropa Ittifoqi rejani amalga oşiriş, bundan taşqari, kelajakda uglerod neytralligiga erişiş maqsadida ittifoq hududiga import qilinadigan mahsulotlar uçun karbonat angidridni tabiatga çiqariş böyiça sertifikatlar sotuvini qisqartiradi. Xususiy korxonalar uçun esa bu boradagi bepul kvotalar bekor qilinadi.











