Rossiya neft eksportining katta qismida Ğarb davlatlari tomonidan belgilangan bir barrel uçun 60 dollarlik çegarani çetlab ötişga muvaffaq böldi. Bu haqda 25 sentabr, duşanba kuni Kpler tahliliy kompaniyasi ma’lumotlariga tayanib, Financial Times (FT) gazetasi yozyapti.
Şu tariqa, avgust oyida Rossiyadan dengiz orqali neft taşişning deyarli törtdan uç qismi narxning yuqori çegarasiga rioya qiliş vositasi bölib xizmat qiliş uçun möljallangan Ğarb suğurtasisiz amalga oşirildi. Bu Rossiya neft narxi ösib borayotganidan katta foyda körişini anglatadi, deb yozadi FT. Rossiyaning Urals nefti bir barreli narxi iyul oyida 60 dollardan past bölgan va hozirda 80 dollarga kötarilgan. Kiyev Iqtisodiyot maktabi mutaxassislarining hisob-kitoblariga köra, bunday dinamika va «şiftni» çetlab ötiş tufayli Rossiya 2023 yilda neft eksportidan 15 milliard dollar köproq foyda olişi mumkin.
Avvalroq Kiyev Iqtisodiyot maktabi sanksiyalar, çeklovlar va tölovlarni qaytariş Rossiya 2022 yil fevralidan beri neft eksportidan 100 milliard dollar yöqotişiga olib kelganini hisoblab çiqdi. Biroq, şu bilan birga, Rossiya Ğarb suğurtasi va texnik xizmatidan foydalanmaslik uçun neft eksportida tankerlarning «soyadagi floti»ni yaratişga muvaffaq böldi, deya ta’kidlaydi naşr.
Rossiyaning neft narxi yuqori çegaralarini keng miqyosda buzişi
Mart oyida Kiyev Iqtisodiyot maktabi buyurtmasi bilan bir guruh xalqaro ekspertlar tomonidan olib borilgan suriştiruv Ğarb tomonidan örnatilgan Rossiya neftiga narx çegarasi keng miqyosda buzilayotganini körsatdi. Tekşiruv natijalariga köra, 2023 yilning dastlabki uç oyida Rossiyaning Primorsk ölkasidagi Kozmino portidan eksport qilingan neftning 95 foizi örtaça bir barrel uçun 73 dollardan sotilgan, ya’ni ötgan yildagi çegaradan ança yuqori. Suriştiruvçilar ta’kidlaşiça, Kozminodan rus nefti asosan Osiyo mamlakatlariga yuborilyapti.
Avgust oyida Bloomberg agentligi Ğarb kompaniyalari ham narx çegarasini buzgan holda Rossiyaning Urals neftini sotib olayotgani haqida xabar bergan edi. Agentlik ma’lumotlariga köra, Boltiqböyi va Qora dengiz portlaridan Rossiya neftini eksport qiladigan barça kemalarning taxminan 40 foizi Ğarb kompaniyalariga tegişli, biroq bu kema egalarining köpçiligi, şuningdek, suğurtalovçilar yuk qanday narxda sotilgani borasida aniq ma’lumotga ega emasligini da’vo qilmoqda. Şu bilan birga, Rossiyadan neft eksport qiluvçi köplab kemalar hali ham London orqali suğurtalanadi, deyiladi materialda.
Rossiyadan neft narxining maksimal çegarasi 2022 yil dekabrida G7 davlatlari, Yevropa Ittifoqi va Avstraliya tomonidan kelişilgan. Sanksiya taşabbuskori bölgan mamlakatlar kompaniyalariga Rossiya neftini taşiş va Rossiya neft mahsulotlarini bir barrel uçun 60 dollardan oşiq narxda olib ötuvçi tankerlarni suğurtalaş taqiqlandi.












