Qöştepa tumanida voyaga yetmagan şaxs 5 yoşli bolani pnevmatik qurolda otib qöydi. “Bu kun” informatsion dasturida ma’lum qilinişiça, gumonlanuvçi qurolda öq yöq deb öylagan.
Holat tumanning Karnayçi mahallasida sodir bölgan. Abdulloh uyi yonidagi çorva xöjaligiga dadasini ovqatlanişga çaqiriş uçun borgan. Öşa yerda bölgan 8-sinf öquvçisi esa söri ostida turgan pnevmatik qurolni olib, unga öqtalgan va otgan.
“Har doim dadasini ovqatlanişga aytgani borardi. Xöjalik uyimiz orqasida, yaqin. Öşa kuni ham xöjalikka borib, dadasining oldida ötirgan ekan. U bola sörining tagidan miltiqni olib, öqi yöq deb bolamga qarata otibdi. 8-sinfda öqirkan, ikki mahalla narida turadi, xöjalikka suv olgani kelib turişadi”, degan Abdullohning onasi.
Şifoxonaga olib borilgan bolakay zudlik bilan operatsiya qilingan. 5 soat davom etgan jarrohlik amaliyotida bolaning yuragi töliq töxtatilib, uning çap qorinçasiga kirib qolgan öq çiqarib olingan. Şifokorlarning ta’kidlaşiça, hozirgi kunda bolaning ahvoli yaxşi.
Hozirda holat yuzasidan Qöştepa tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilyapti. Tekşiruv yakuniga köra holatga qonuniy baho berilişi ma’lum qilingan.












