Yoqilği-energetika narxlarini hisoblaşning yangi tartibi kuçga kiradi
Oktyabrda yuz berişi kutilayotgan eng muhim özgariş yoqilği-energetika narxlarini bozor narxlariga moslaştiriş tomon bosilgan qadam bölmoqda. Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 1 oktyabrdan kuçga kiradigan qarori bilan yoqilği-energetika resurslarining narxlari oşmoqda. Şu bilan birga, hozirça aholi uçun tariflar özgarişsiz qoladi.
Elektr energiyasi tariflari OKMK, NKMK, “Özmetkombinat” va budjet taşkilotlariga 1 kVt soat 1 000 söm, boşqa taşkilotlarga 900 söm deb belgilandi. Tabiiy gaz tariflari esa OKMK, NKMK, “Özmetkombinat” va budjet taşkilotlariga 1 kub metr uçun 1 800 söm, boşqa taşkilotlar uçun 1 500 söm bölişi taklif etilgan.
Toşkentni yaxşilaş böyiça eksperiment
Prezident qarori bilan poytaxt infratuzilmasini yaxşilaş böyiça huquqiy eksperiment ötkaziladi. Xususan, 2023 yil 1 oktyabrdan boşlab Adliya vazirligi, Davlat aktivlarini boşqariş agentligi, Kadastr agentligi, Soliq qömitasi va boşqa davlat organlari axborot tizimlaridagi munitsipal mulklar töğrisidagi ma’lumotlar uşbu tizimlarni özaro integratsiya qiliş orqali “Raqamli Toşkent” kompleks dasturiga yuklanadi.
Şuningdek, qarorga köra, 2023 yil 1 oktyabrdan boşlab Toşkent şahridagi ayrim obektlar negizida loyiha qiymati 1 million dollargaça bölgan ekvivalentdagi davlat-xususiy şeriklik loyihalarini amalga oşirişning soddalaştirilgan tartibi joriy etiladi.
Raqobat qömitasiga yana bir vakolat
Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qilişga doir farmonga köra, 2023 yil 1 oktyabrdan eksklyuziv huquqlar berilgan xöjalik yurituvçi sub’yektlarning reyestri (röyxati) joriy etiladi. Uşbu reyestrni yuritiş hamda xöjalik yurituvçi sub’yektlar tomonidan kamsitmaslik şartlariga rioya etilişi ustidan nazorat Raqobat qömitasiga yuklatiladi.
Raqobat qömitasi bitim şartlarini, tovarlar realizatsiya qilinadigan hududni va narxni belgilaşga bir tomonlama ta’sir körsatiş imkoniyatiga (ustun muzokara kuçiga) ega bölgan sub’yektlarni aniqlaydi va ular tomonidan ustun muzokara kuçini suiiste’mol qilişni taqiqlaydi.
Umraçi turfirmalar reytingi va suv böyi turizmi uçun yengilliklar
Hukumatning tegişli qarori bilan Turizm qömitasi Din işlari böyiça qömita bilan birgalikda 2023 yil 1 oktyabrdan boşlab “Umra” xizmatlarini körsatuvçi turoperatorlar faoliyatini reyting asosida baholaş tizimi joriy etişi kerak.
Reytingdagi “Umra” xizmatlarini körsatuvçi turoperatorlarning örni jamoatçilik tomonidan oçiq ovoz beriş, uşbu taşkilotlar xizmatlaridan avval foydalangan fuqarolar (sayyohlar) bilan örnatilgan qayta aloqa (jumladan, ijtimoiy tarmoqlar orqali) natijalariga köra aniqlanadi.
Baliq ovlaş va suv böyi turizmini rivojlantirişga doir prezident qaroriga muvofiq 2023 yil 1 oktyabrdan boşlab quyidagilar:
- davlatga tegişli tabiiy va sun’iy suv havzalari (suv omborlari) — baliqni sanoat usulida yetiştiriş, ovlaş va qonunçilik hujjatlarida nazarda tutilgan boşqa maqsadlar uçun;
- tabiiy va sun’iy suv havzalari (suv omborlari) hamda daryo atrofidagi qişloq xöjaligiga möljallanmagan yer uçastkalari — suv böyida plyaj zonalarini taşkil etiş, sport-işqibozlik turidagi baliq ovlaş, baliq ovi, qayiqda suziş va suv sayohati xizmatlarini körsatiş, baliq mahsulotlari va boşqa turizm xizmatlarini taşkil etiş uçun tadbirkorlik sub’yektlariga “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn auksion orqali ijaraga beriladi.
Qarorda körsatilgan bandlar Aydar-Arnasoy köllar tizimiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Iş beruvçilarga subsidiya
Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi 1 oktyabrdan jazoni ijro etiş muassasalaridan ozod qilingan şaxslarni işga qabul qilgan iş beruvçilarga Bandlikka kömaklaşiş davlat jamğarmasi mablağlari hisobidan subsidiya berişi nazarda tutilgan. Bunda har bir işga joylaşgan şaxs uçun uç oydan ortiq muddatda mehnat faoliyatini davom ettirgandan söng bazaviy hisoblaş miqdorining uç baravari miqdorida bir martalik subsidiya ajratiş taklif qilingan.
Şuningdek, “Işga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga öqitiş markazlarida jazoni ijro etiş muassasalaridan ozod qilingan şaxslarga kasb-hunar va tadbirkorlik könikmalarini örgatadi.
Şaharsozlar sertifikatlanadi
Prezidentning tegişli farmoni asosida quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida nazorat tizimi kuçaytiriladi va uning qamrovi kengaytiriladi.
Şu maqsadda 2023 yil 1 oktyabrdan boşlab şaharsozlik sohasidagi quyidagi toifa mutaxassislarni ularning faoliyat yönalişlari böyiça har uç yilda bir marta sertifikatlaş tizimi joriy etiladi:
- loyiha boşqaruvini va texnik nazoratni, şu jumladan yönalişlar böyiça nazoratni olib boruvçi mutaxassislar;
- loyiha taşkilotlarining mualliflik nazoratini olib boruvçi mutaxassislar, şuningdek, loyiha boş muhandislari va boş arxitektorlari;
- pudrat taşkilotlarining içki nazoratini amalga oşiruvçi mutaxassislar.
Yagona ijtimoiy himoya
Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam körsatişga doir prezident farmonida 2023 yil 1 oktyabrga qadar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimini işga tuşiriş kerakligi qayd etilgan.
Şu bilan birga 2023 yil 1 oktyabrdan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufiga ötkaziladi hamda aholiga körsatiladigan barça turdagi ijtimoiy xizmatlar va yordamlar, şu jumladan kam ta’minlangan oilalar bolalari uçun nafaqa va moddiy yordamlar böyiça arizalar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali qabul qilinadi.
IT uçun yana imtiyozlar
Prezident qarori asosida Raqamli texnologiyalar sohasida yuqori malakali mutaxassis va kadrlar tayyorlaş tizimini takomillaştiriş maqsadida 2023 yil 1 oktyabrdan boşlab B2 va undan yuqori xorijiy til biliş darajasiga ega bölgan fuqarolar tomonidan tizim boşqaruvi, ma’lumotlar bazasi, axborot xavfsizligini ta’minlaş va boşqa talab yuqori bölgan yönalişlarda xalqaro IT-sertifikatlarni oliş xarajatlarining 100 foiz qismini qoplaş tizimi joriy etiladi.
Şuningdek, elektron tijorat sohasini rivojlantiriş maqsadida 2023 yil 1-oktyabrdan boşlab tadbirkorlik sub’yektlariga elektron tijorat faoliyati doirasida erkin ombor bojxona rejimiga joylaştirilgan tovarlar bilan çakana savdo operatsiyalarini amalga oşirişga ruxsat beriladi.
Xuddi şu qaror bilan Özkomnazorat 1-oktyabrdan boşlab davlat organlarining IT loyihalari samaradorligi, körsatiladigan raqamli xizmat va servislar texnik faoliyatining sifati hamda barqarorligi ustidan raqamli nazorat örnatadi.
Elektron şaklga ötayotgan tibbiy ma’lumotnomalar
Tibbiy ma’lumotnomalar 1 oktyabrdan Toşkent şahri, Toşkent va Samarqand viloyatlarida elektron şaklda beriladi. Tegişli hujjat asosida vaqtinça mehnatga layoqatsizlik varaqalari va boşqa tibbiy ma’lumotnomalarni beriş bosqiçma-bosqiç elektron şaklga ötkazilmoqda.
Bunda vaqtinça mehnatga layoqatsizlik varaqalari va boşqa tibbiy ma’lumotnomalarni beriş Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida — 2023 yil 1 iyuldan boşlab, Toşkent şahri, Toşkent va Samarqand viloyatlarida — 2023 yil 1 oktyabrdan boşlab, respublikaning boşqa hududlarida — 2024 yil 1 yanvardan boşlab elektron şaklga ötkaziladi.
2024 yil 1 yanvardan boşlab vaqtinça mehnatga layoqatsizlik varaqalari va boşqa tibbiy ma’lumotnomalarni qoğoz şaklda talab qiliş taqiqlanadi.
Yana bir yangilik. 2023 yil 1 oktyabrdan boşlab, maxsus texnik qurilmalar yordamida (planşet yoki daktiloskopiya, printer va boşqalar) davlat xizmatlarini joylarga çiqqan holda körsatiş “Call-markaz” yoki rasmiy veb-saytdan foydalangan holda amalga oşiriladi.












