26 sentabr kuni AQŞ Mehnat vazirligi bolalar mehnatining eng yomon şakllari böyiça hisobotini (TDA Report) e’lon qildi.

Özbekiston elçixonasi ma’lumotlariga köra, unda davlat tomonidan bolalar mehnatining eng yomon şakllarini bartaraf etiş qaratilgan sa’y-harakatlar samaradorligi böyiça Özbekiston ketma-ket ikkinçi yil «sezilarli taraqqiyot»ning eng yaxşi toifasiga kirdi.

2011 yilda Özbekiston «davlat tomonidan bolalar mehnatiga barham beriş böyiça heç qanday mazmunli sa’y-harakatlarni amalga oşirmagani» uçun 4-toifaga kiritilgan edi. 2018 yilda AQŞ Mehnat departamenti qarori bilan Özbekiston darhol «örtaça» taraqqiyot bilan 2-toifaga, 2022 yilda esa «sezilarli taraqqiyot» toifasiga ötkazildi.

Oxirgi hisobotga köra, bu yil 131 davlat içida Özbekiston Argentina, Kolumbiya va Kot-d’Ivuar bilan birgalikda «sezilarli taraqqiyot» maqomiga sazovor bölgan 4 davlat qatoridan joy oldi. 

Baholaşda bolalar mehnatining eng yomon şakllarini taqiqlovçi qonunlar va me’yoriy hujjatlar, murojaatlarni körib çiqiş va bunday huquqbuzarliklarni tekşirişning huquqni muhofaza qiliş hamda institutsional mexanizmlari, bolalarning mehnatga jalb etilişining oldini olişga qaratilgan ijtimoiy dasturlarning amalga oşirilişi, şuningdek, bolalar mehnatining eng yomon şakllari va bu boradagi davlat siyosatining samaradorligi hisobga olingan.