Özbekistonda alimentni oylik daromadga qarab hisoblaş tartibi bekor qilinişi mumkin. Bu haqda Oila va xotin-qizlar qömitasi raisi Dilnoza Kattaxonova Senatdagi çiqişida maʼlum qildi.
Kattaxonovaga köra, oxirgi paytlarda ota-onalarning aliment miqdorini kamaytiriş maqsadida haqiqiy daromadini yaşirib, özini past maoş tölanadigan işga rasmiylaştiriş holatlari köpaygan. Şu jihatdan har bir yoş toifalari kesimida minimal isteʼmol savatini belgilaş hamda aliment miqdorini ota yoki onaning oyligidan kelib çiqib emas, bolaga kerak böladigan isteʼmol savati asosida hisoblaş taklif etilyapti.
Şuningdek, aliment undiriş bilan boğliq ayrim funksiyalar Majburiy ijro byurosidan xususiy sektorga ötkazilişi mumkin.
Amaldagi tartibga köra, aliment miqdori farzandlar soniga qarab quyidagiça belgilanadi: bir nafar bola uçun iş haqining törtdan bir qismi, ikki nafar bola uçun iş haqining uçdan bir qismi, uç va undan ortiq bola uçun esa iş haqining yarmi undiriladi.
Rasmiy daromadga ega bölmagan fuqarolar uçun esa taxminiy oylik tölovlar miqdori quyidagiça: bir nafar bola uçun - 1,7 mln söm, ikki nafar bola uçun - 2,3 mln söm, uç va undan ortiq bola uçun - 3,4 mln söm atrofida.
Majburiy ijro byurosi maʼlumotlariga köra, aliment tölovçilarning 61 foizi iş bilan taʼminlanmagan yoki doimiy daromad manbaiga ega emas.
















